O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6247-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Komplaens nazorati xizmati tomonidan «Korrupsiyaga qarshi kurash — davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil» mavzusida o‘tkaziladigan matbuot anjumani nutqi.
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat yoki jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois, unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim yo‘nalishlaridan sanaladi.
Bugungi kunda korrupsiya bilan bog‘liq turli xil siyosiy va iqtisodiy kelishmovchiliklar to‘g‘risida deyarli har kuni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali xabardor bo‘lyapmiz. Bunday xabarlar orqali dunyo hamjamiyati korrupsiyaning mamlakatlar siyosati, iqtisodiyoti va turmush darajasiga naqadar salbiy zarar yetkazayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz.
2017-yil 4-yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kiritilgani korrupsiyaga barham berish uchun tegishli huquqiy asoslarni yaratib berdi. Mazkur qonun ijrosi to‘liq va samarali ta'minlanishi uchun boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ham qabul qilinmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari korrupsiyaga oid davlat huquqiy siyosati yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash harakati boshlandimi, ushbu illatdan aziyat chekmaslik uchun hammamiz bir tan-u bir jon bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashishni vazifamizga aylantirishimiz lozim. Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas'uliyat his etsa, qo‘yilgan maqsad va muddaolar yechimi paydo bo‘ladi.
Korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimi (anticorruption compliance) jahon tajribasida uzoq yillardan buyon mavjud bo‘lib, boshqaruvda «Muvofiqlik nazorati» (Compliance control) tizimining bir ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. «Komplaens» yoki «Komplaens nazorat» atamasi anglo-sakson huquqiy tizimida paydo bo‘lgan va Oksford lug‘atida ushbu atama «talab yoki ko‘rsatmaga muvofiq harakat qilish, itoat qilish» kabi izohlanadi.
Aytish lozimki, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaradi, jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi.
Bugun katta-yu kichik, boy va kambag‘al, qudratli va kuchsiz bironta davlatni korrupsiyadan holi hudud, deb aytolmaymiz. BMT va Xalqaro valyuta jamg‘armasining ma'lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti bu ofat tufayli yiliga 1.5–2.6 trln. dollargacha zarar ko‘rmoqda.
Korrupsiya mansab mavqyeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy huquqiy hodisadir. Ma'lumki, bu illat har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi. Jamiyatning ma'naviy axloqini yemiradi, qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. Shu bilan birga, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa tahdidlarning o‘sishiga yordam beradi. Uning domiga ilingan amaldor shaxsiy manfaatini davlat manfaatidan ustun qo‘yishi natijasida, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi, chet ellik sheriklarda ham ishonchsizlik uyg‘otadi va ularni hamkorlikdan qaytaradi.
Jamiyatni har tomonlama rivojlantirish har bir mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Shunday davlatlar borki, ularning har birida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar va unga qarshi kurashish to‘g‘risida normativ hujjatlar qabul qilingan. Haqiqatan, korrupsiya muammosi bugungi kunda dunyo miqyosida o‘z yechimini talab etayotgan birinchi masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois ham, jahon hamjamiyati bu illatga qarshi keskin kurashmoqda. Bu yo‘nalishda bir qator xalqaro hujjatlar ham qabul qilingan bo‘lib, BMT homiyligida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish rezolyusiyasi (1995 yil), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996-yil), Xalqaro tijorat tashkilotlarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurashish deklaratsiyasi (1997-yil), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi (2000-yil), Korrupsiyaga qarshi konvensiya (2003-yil) va boshqalar shular jumlasidandir.
Tan olib aytish lozimki, mamlakatimizda ham korrupsiyaga qarshi kurashish izchillik bilan olib borilmoqda. Bu borada so‘z yuritar ekanmiz, avvalo, mamlakatimiz 2008-yilda Korrupsiyaga qarshi konvensiyaga, 2010-yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga qo‘shilganligini, Oliy Majlis tomonidan 2011-yilda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilinganligini ko‘rsatib o‘tish lozim. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturlarining qabul qilinganligi yurtimizda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilib kelmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yilning 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi ham Korrupsiya jamiyatimiz rivojiga g‘ov bo‘layotgan eng katta illat ekanligini bayon etib, quyidagi so‘zlarni jumladan, “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a'zolari, ta'bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak” – deb ta'kidladilar.
Mazkur vazifalar ijrosini tizimli tashkil etilishini ta'minlash maqsadida, faqat parlament va Prezidentga hisob beradigan, korrupsiyaga qarshi kurashishga mas'ul bo‘ladigan alohida organ tashkil etilishi zarurligi aytib o‘tildi.
Korrupsiyaning huquqiy sabablari haqida to‘xtalganda, uning rivoji davlatdagi qonunlarning sifatiga bog‘liq bo‘lib, nomukammal bo‘lgan qonunlar ishlamaydi va korrupsiyaga moyil shaxslar bundan ustamonlik bilan foydalanishga intiladi. Korrupsiyaning ijtimoiy sabablariga jamiyatdagi nosog‘lom muhit, aholining huquqiy bilim va madaniyati, ma'naviyatining quyi (past darajada) ekanligi, diniy-ma'rifiy savodsizligi, uyushqoqlik va jamoatchilikdagi faollikning yetishmasligi kiradi. Shunisi e'tiborliki, jamiyatdagi ijtimoiy ongning u yoki bu tarzda o‘zgarishiga odamlarda davlat va qonunlarga nisbatan ishonch paydo bo‘lishiga, mamlakat rahbar xodimlarining o‘z vazifalarini qay darajada amalga oshirishlariga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi, albatta. Ular tomonidan to‘g‘ri va adolatli qarorlar qabul qilinsa, fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklansa, ijtimoiy himoya kuchaytirilsa, xalqning jamiyatda adolat, haqiqat borligiga ishonchi ortadi. Uning aksi bo‘lsa, odamlar orasida norozilik va hukumatga nisbatan ishonchsizlik yuzaga keladi.
Shu maqsadda, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati qabul qilingan va unda asosiy to‘rtta maqsadni amalga oshirish ustuvor etib belgilangan.
Jumladan:
• Aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyani tubdan yo‘qotishga erishish;
• aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, Aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
• Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini ta'minlash.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati 2019-yil va 2020-yilning 3-chorak yakunlari bo‘yicha korrupsiya va unga qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki va Angliyaning «Good corporation» kompaniyasi hamkorligida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
1-bosqich: Aksiyadorlik jamiyatida korrupsiya va unga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus bo‘lim ochildi;
2-bosqich: Aksiyadorlik jamiyatida korrupsiya va unga qarshi kurashish bo‘yicha 10 ortiq xalkaro talablarga javob beradigan ichki hujjatlarni mas'ul shaxslari tomonidan ishlab chiqilib, Aksiyadorlik jamiyatining vakolatli organlari tomonidan tasdiqlandi.
3-bosqich: Aksiyadorlik jamiyatida qabul qilingan korporativ etika va korrupsiyaga qarshi tizim standartlari to‘g‘risida jamiyat xodimlariga seminar-trening doirasida xabardor qilindi.
4-bosqich:
• Aksiyadorlik jamiyatida korrupsion risklarni alohida ish jarayonlari doirasida tahlil qilindi;
• korrupsion risk yuqori bo‘lishi bilan bog‘liq ehtimoliy korrupsion risk va lavozimlar ro‘yxatini shakllantirildi;
• korrupsiya va unga qarshi kurashish xavflarning har birini minimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.
5-bosqich: Korrupsiya xatarlarining har birini minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirib va ularning samaradorligi tahlil qilish.
Aksiyadorlik jamiyati compliance tizimida xodimlar tomonidan qoidabuzarlikni xabar qilish uchun quyidagi ishlar amalga oshirildi:
• Maxsus telefon ajratildi;
• Alohida elektron pochta ochildi;
• Sovg‘alar va unga tenglashtirilgan qimmatbaho buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish reestri shakllantirildi.
Shu bilan birga, Aksiyadorlik jamiyatimizda korrupsiyaga moyil lavozimlar va ularning ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, uning faoliyati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq funksiyalarni amalga oshiruvchi sohalar nazoratga olingan.
Shuningdek, davlat xaridlari sohasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, korrupsiya holatlari eng yuqori etib baholangan ushbu sohada risklarni minimallashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan, unga asosan barcha xaridlar 100 foiz elektron shaklga o‘tkazilishi, inson omili ta'sirini pasaytirish ko‘zda tutilgan edi va bu chora tadbirlar o‘zini oqladi, ya'ni Aksiyadorlik jamiyati faoliyati davomida 2021-yilda amalga oshirilgan davlat xaridlari bo‘yicha minimallashtirilgan risklar hisobiga iqtisodiy moliyaviy jihatdan bir muncha natijalarga erishilgan.
2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi «Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4544-sonli qaroriga asosan ishlar tashkil etilib, elektron savdolar yuritilishi boshlandi va eng yaxshi takliflarni tanlab olish exarid.uz sayti ishga tushirilishi munosabati bilan Moliya vazirligi bilan birgalikda korrupsiya alomatlari minimalashtirildi.
2021-yildagi faoliyat sarhisobi to‘g‘risida so‘z yuritsak, Aksiyadorlik jamiyatida to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar soni faqatgina qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirildi va qolgan barcha xaridlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar jamiyatda to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar soni faqatgina qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirildi va qolgan barcha xaridlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar) elektron savdo orqali amalga oshirildi. Bunda to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar soni 409 ta, summasi 20,8 mlrd. so‘m, maxsus elektron portal orqali amalga oshirilgan shartnomalar soni 987 ta, summasi 571,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Shu bilan birga, davlat xaridlari sohasida Xalqaro auditorlik kompaniyasi yollash natijasida forenzik audit o‘tkazildi. Bu ishlar “Grand Tornton” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib, birmuncha xato va kamchiliklar aniqlandi va ular bartaraf etilib, hozirda tasdiqlangan chora-tadbir bo‘yicha jarayon nazoratga olingan.
Xaridlar sohasida korrupsiyaviy risklarni minimallashtirish, inson omilini yanada kamaytirish uchun xaridlarni avtomatlashtirish, jarayonni to‘liq yagona bazaga birlashtirish, filiallar omborxonalari, vaziyatni kuzatib borish, e.ombor.uz dasturiga, 1С dasturiga integratsiyalash hamda umumiy tizimda rahbariyat nazoratini yengillashtirish maqsadida, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi hamda komplaens nazorat xizmati nazorati ostida Aksiyadorlik jamiyati xaridlar ofisini avtomatlashtirish ishlari boshlab yuborilgan va dastlabki chizmalar yollangan IT kompaniyasi “Energyconsult” MChJ tomonidan taqdim etilgan.
Aksiyadorlik jamiyati moliya-iqtisod sohasida pullar oqimi, moliyaviy oqim xodimlarni rag‘batlantirish joylarda smeta xarajatlarini tekshirib borish, iloji boricha iqtisod qilishga erishish, xodimlarni rag‘batlantirish jarayonini stabillashtirish, qilingan harajatlarni nazorat qilish bo‘yicha ham bir muncha ishlar amalga oshirilgan.
Masalan, moliyaviy pullar oqimi bo‘yicha yillik oylik kunlik monitoring olib borish yo‘lga qo‘yilgan, Buxgalteri hisobi va hisoboti boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar “bank kliyent” dasturi orqali Komplaens nazorat xizmati tomonidan doimiy kuzatib boriladi, bank hisob-raqamlaridan amalga oshirilayotgan to‘lovlar qonunchilikka to‘g‘ri kelishi, Aksiyadorlik jamiyati iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta'siri va moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi bo‘yicha xulosalar berib borilmoqda.
"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘zining bir qator vazifalarini amalga oshirish bilan birga yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish, kengaytirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, obyektlarni moliyalashtirish hamda ularni amalda bajarilishi uchun yillik va istiqbolli elektr tarmoqlarining qurilish dasturlarini ham amalga oshiradi.
Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Kapital qurilish, loyiha va smetalarni ekspertiza qilish boshqarmasi magistral elektr tarmoqlarda olib borilayotgan loyiha-qidiruv, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirilishi va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini muvofiqlashtiradi.
Shuningdek, boshqarma bilan birgalikda jamiyat tarkibiy korxona va bo‘linmalaridan loyihaning bajarilishini nazorat qilish jarayonida pudratchi tashkilotlarning shartnoma majburiyatlarini va zarur bo‘lganda, shartnomada nazarda tutilgan sanksiyalarni taqdim etishni talab qilinadi.
Ushbu amaliyotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining farmoyish va qarorlari, Energetika vazirligi topshiriq va ko‘rsatmalari hamda Shaharlararo norma qoidalari, xavfsizlik qoidalari va boshqa normativ hujjatlari asosida olib boradi.
«O‘zbekiston MET” AJ o‘z navbatida respublika iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va biznes subyektlari hamda aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan talabni ortib borayotgan qismini to‘liq qoplash maqsadida Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlarini jadal olib bormoqda.
Xususan:
2021-yilda modernizatsiya va rekonstruksiya dasturi asosida jami qo‘shimcha 1680 MVA quvvat oshirish rejalashtirilgan. 2021-yil yakuniga 1855 MVA quvvat rejaga nisbatan 110% oshirildi,
shundan:
Toshkent viloyatida 150 MVA
“Chirchiq” PS 150 MVA;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 125 MVA
“Beruniy” PS 125 MVA;
Xorazm viloyatida 75 MVA
“Xorazm” PS 75 MVA;
Farg‘ona viloyatida 125 MVA
“O‘zgarish” PS 50 MVA;
“Farg‘ona” PS 75 MVA;
Buxoro viloyatida 128 MVA
“Quyumozor” PS 128 MVA;
Qashqadaryo viloyatida 125 MVA
“Amir-Temur” PS 125 MVA;
Navoiy viloyatida 243 MVA
“Gornaya” PS 43 MVA;
“Ximiya” PS 200 MVA;
Samarqand viloyatida 359 MVA
“Kattaqo‘rg‘on” PS 150 MVA;
“Samarqand” PS 209 MVA.
Namangan viloyatida 200 MVA
“Qizilrovot” PS 200 MVA;
Andijon viloyatida 200 MVA
“Xakand” PS 200 MVA.
Jizzax viloyatida 125 MVA
“DNS-2” PS 125 MVAli
Shuningdek, 193 kilometr uzunlikka ega 220 va 500 kV kuchlanishli magistral elektr tarmoqlarini qurish rejalashtirilgan.
2021-yil yakuniga jami uzunligi 198,8 km 220 va 500 kVli magistral elektr tarmoqlari qurildi, rejaga nisbatan 103 %ni tashkil qiladi.
Jumladan:
• O‘zbekiston Respublikasidagi “500 kVli G‘uzor–Regar (L-507) uzunligi 64 km bo‘lgan elektr uzatish liniyasini tiklash” investitsiya loyihasi;
• Uzunligi 58 km bo‘lgan “220 kVli G‘uzor PS–Amir-Temur PS elektr uzatish liniyasini qurilishi" loyihasi;
• “Navoiy IES va “Ximiya” PS oralig‘ida uzunligi 27 km bo‘lgan 220 kVli elektr uzatish liniyasini qurish” loyihasi;
• “Pop-Namangan-Andijon” elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasining tashqi obyektlarini elektr ta'minoti bilan ta'minlashda tayanch nimstansiyasini qurish” loyihasi doirasida uzunligi 24 km bo‘lgan “220 kVli “Rauston” TPSni tashqi elektr ta'minotiga ulash uchun “Obi-hayot” va “Sardor” podstansiyalariga kirish-chikish bo‘lgan L-S-O havo tarmog‘ini qurish” loyihasi;
• “Buxoro viloyatida “Aksa Enerji Üretim A.Ş” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan quvvati 270 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasi uchun uzunligi 14 km bo‘lgan 220 kV kuchlanishli havo tarmog‘ini qurish” investitsiya loyihasi;
• Samarqand Sitidan o‘tuvchi uzunligi 3,8 km bo‘lgan “220 kVli Cho‘pon-Ota–So‘g‘diyona havo tarmog‘ini ko‘chirish” loyihasi;
• “Samarqand-Buxoro temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish va tezyurar passajir poyezdi harakatini tashkillashtirish” investitsiya loyihasi doirasida uzunligi 5 km bo‘lgan “Navoiy NS” PSga L-17-B-1 220 kV havo tarmog‘i qurish” loyihasi;
• “Samarqand viloyati Nurobod tumani Tutli aholi yashash punkti hududida qurilayotgan 100 MVt fotoelektr stansiyasi” investitsiya loyihasi doirasida “Navoiy IESdan chiquvchi “L-17-Qarshi” 220 kV havo tarmog‘idan quyosh fotoelektr stansiyasiga 3 km kirish-chiqish havo tarmog‘ini qurish” loyihasi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida 2021-yil 5-yanvarda “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi tomonidan 5-sonli buyruq imzolandi. Qarorga asosan 2021-yil umumiy qiymati 71,45 mln AQSh dollar 10 ta loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan:
Soha mablag‘lari hisobidan – 18,5 mln AQSh dollari;
Davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 52,95 mln. AQSh dollari tashkil etadi.
2021-yil yakuniga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 97,69 mln AQSh dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, rejaga nisbatan 136,72 foizga, jumladan:
• Soha mablag‘lari hisobidan – 43,89 mln AQSh dollari;
• Davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 53,021 mln AQSh dollari bajarildi.
Shuningdek, 2021-yilda umumiy qiymati 893,65 mlrd. so‘mlik investitsiya loyihalari yakunlanib ekspluatatsiyaga topshirildi, jumladan:
• “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi – 83,74 mlrd. so‘m;
• Samarqand viloyati Nurobod rayonida “100 MVt quvvatli quyosh fotoelektrostansiyasi qurilishi” loyihasi – 14,27 mlrd. so‘m;
• “Janubiy-G‘arbiy magistral elektr tarmoqlarining eskirgan jihozlarini almashtirish va modernizatsiyalashtirish” loyihasi – 79,59 mlrd. so‘m;
• “O‘zbekiston Respublikasining hududida joylashgan 500 kV “G‘uzor–Regar” (L-507) yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini tiklash” investitsiya loyihasi – 175,81 mlrd. so‘m;
• “Pop–Qo‘qon–Andijon elektrlashtirilgan temiryo‘l liniyasining tashqi obyektlarini elektr ta'minoti bilan ta'minlashda tayanch nimstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi – 2,74 mlrd. so‘m;
• “Pop–Namangan–Andijon elektrlashtirilgan temiryo‘l liniyasining tashqi obyektlarini elektr ta'minoti bilan ta'minlashda tayanch nimstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi – 80,53 mlrd. so‘m;
• “500kV Surxon–Puli-Xumri (Xo‘ja-Alvon) elektr tarmog‘ini qurish loyihasi doirasida 500 kVli "Surxon" podstansiyasidagi OTQni kengaytirish” investitsiya loyihasi – 42,19 mlrd. so‘m;
• “220 kV “Beruniy” PSda 125 MVA quvvatli AT-2-200 ikkinchi avtotransformatorni o‘rnatish va qurilish” investitsiya loyihasi – 8,51 mlrd. so‘m;
• “220/110/10 kVli “Saribozor” PSda 110 kVli OTQni kengaytirish hamda 2 dona 110 kV “Karaman-1” va “Karaman-2” tarmoq yacheykalarini yangidan o‘rnatish” investitsiya loyihasi – 7,3 mlrd. so‘m;
• “220 kV Taxiatosh IES – Xorazm PS – Sarimoy aholi yashash joyi (Xorazm viloyati) oralig‘ida elektr uzatish tarmog‘ini qurish” investitsiya loyihasi – 266,79 mlrd. so‘m;
• “220 kV “Amir Temur” nimstansiyasini “G‘uzor” nimstansiyasidan 220 kV havo liniyasi bilan qurish” investitsiya loyihasi – 72,57 mlrd. so‘m;
• “Uchqun” sport-sog‘lomlashtirish kompleksi qurilishi loyihasi – 14,04 mlrd. so‘m;
• “Navoiy IES” va “Ximiya” postansiyasi oralig‘ida 220 kVli havo tarmog‘ini qurish” loyihasi – 36,5 mlrd. so‘m;
• “NGMKdan o‘tkazilgan podstansiyalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” (“Gornaya” postansiyasi) loyihasi – 7,66 mlrd. so‘m;
• “220 kV “Xakan” postansiyasida 200 MVA quvvatli avtotransformatorni o‘rnatish va qurish” investitsiya loyihasi – 1,44 mlrd. so‘m.
Bundan tashqari, muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri sanalgan, xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha, ya'ni xizmat avtomashinalarga GPS o‘rnatish yo‘lga qo‘yildi.
Bunda “O‘zbekiston MET” AJ quyi tashkilotlarida jami 510 ta transport vositalari va mexanizmlar mavjud bo‘lib, shundan 408 tasiga GPS-tizimi o‘rnatish imkoniyati bor. 2022-yil 30-mart kuni holatiga 79 ta transport vositasiga GPS-tizimi o‘rnatilgan hamda joriy yilda qo‘shimcha 100 ta avtomashinaga ushbu tizimni o‘rnatish bo‘yicha tashkiliy ishlar boshlangan. Shu bilan jami transport vositalarining 45 foiziga GPS-tizimi o‘rnatilishiga erishiladi.
Buning natijasida xizmat avtomashinalari bo‘yicha nazorat qilish va yo‘nalishlarni monitoring kilish, shuningdek marshrutlar optimizatsiyasiga erishiladi.
Yana bir muhim korrupsiyaviy xatarlarni keltirib chiqaruvchi omillarga sabab bo‘luvchi soha — kadrlar tayyorlash va xodimlarni ishga qabul qilish jarayonidir.
uzbekistonmet.uz veb-saytida bo‘sh ish o‘rinlariga salohiyatli kadrlarni jalb qilish hamda ishga qabul qilish jarayonini shaffofligini ta'minlash maqsadida “Onlayn rezyume” va “Onlayn maslahatchi” elektron dasturlari joriy qilingan.
2021-yilda 18 xodim ishga qabul qilindi, ular orasida 7 nafari tizimda ko‘p yillar faoliyat ko‘rsatgan malakali mutaxassislardir. Ishga qabul qilish jarayonida xodimning kuchli tomonlari, bo‘sh tomonlarini aniqlashda yordam beradigan so‘rovnomalar to‘ldiriladi va so‘rovnomalar natijasi o‘laroq tahlil o‘tkaziladi, tahlil natijalariga ko‘ra xodim kuchli tomonlari ko‘rib chiqiladi. Ishga qabul qilish ijobiy baholangach, xodim jamiyat Korrupsiyaga qarshi siyosati, odob-ahloq qoidalari va mehnat shartnomasi shartlarida (“antikorrupsionnaya ogovorka”) korrupsiyaga qarshi bitim bilan tanishtirilib, agarda xodim korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan taqdirda unga ko‘riladigan choralar to‘g‘risida ogohlantiriladi.
Shuningdek, xodimlarni ishga olishni yanada shaffof amalga oshirishda, ishga qabul qilish jarayonida videokamera orqali videoyozuv yo‘lga qo‘yilgan, bunda ishga kirish uchun ma'lum bir lavozimga talabgorlar o‘z takliflarini arizalarini elektron taqdim etishadi va maxsus komissiya ishtirokida ochiq suhbat o‘tkaziladi, suhbat videoyozuvda saqlanib bayonlashtiriladi.
Jamiyatda ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish (ERP, SCADA va boshqalar) tizimlarini joriy etilayotganligi sababli joriy yil yanvar oyida 15 nafar mutaxassis o‘qitildi.
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” (MHXS)ga o‘tish bo‘yicha jamiyatning 20 nafar mutaxassisi fevral oyida o‘z malakasini oshirishdi.
Respublika energetika tarmog‘ini transformatsiya qilish doirasida DEVA tajribasini o‘rganish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida jamiyatning 9 nafar rahbar-xodimlari mart oyida malaka oshirib keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat akademiyasining 4 oylik o‘quv kursida jamiyatning 2 nafar xodim aprel-may oylarida o‘qitildi.
Jamiyatning ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda filiallarda yanvar-sentyabr oylarida tashkil qilingan o‘quv kurslarda 1 796 nafar xodimlarning malakasi oshirildi.
Aksiyadorlik jamiyati murojaatlar bilan ishlash bo‘limi mavjud bo‘lib, har bir murojaatga alohida e'tibor beriladi va masalani ijobiy hal qilib berish maqsadida bo‘lishadi. Ushbu bo‘lim ishlari ham komplaens nazorat xizmati tomonidan kuzatib boriladi 2021-yil davomida 1 355 murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 1 241 ta shaxsiy va sayyor qabullar, 69 ta yozma murojaatlar, 45 ta elektron murojaatlar kelib o‘z yechimini topgan.
Aksiyadorlik jamiyati faoliyati ochiqligi va shaffofligi ta'minlashda Axborot xizmatining, aniqrog‘i jamoatchilik bilan ishlash tizimining ahamiyati beqiyos. «O‘zbekiston MET» AJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, Utube, Youtube) orqali Jamiyat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashga qaratilgan tahliliy maqola, rasmiy bayonot, o‘tkazilgan matbuot anjumanlari va brifinglarda so‘ralgan savollarga javoblar, xabar va ma'lumotlarni hisobot jadvali shaklidagi ilovalar orqali havola etmoqda.
Shuningdek, «O‘zbekiston MET» AJning YAGONA TELEFON 71/236-68-08 (matbuot kotibi), bundan tashqari, ISHONCH RAQAMI, ya'ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami +998 71-208-56-46 hamda DEVONXONA (kanselyariya) 71/236-6854 raqamlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
2021-yilda Call sentry raqami +998 (55) 500-5545 raqami ishga tushirildi va uning ish faoliyati uzbekistonmet.uz veb-sayti bilan integratsiyalashtirildi.
Jamiyatning veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda e'lon qilib borilmoqda.
Umuman olganda, Korrupsiyaga qarshi kurashishda Aksiyadorlik jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 9 ta rukn, 47 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil ma'lumotlar joylashtirilgan infografika ma'lumotnomasi mavjud. Ayni paytda veb-saytga joylashtirilgan ma'lumotlar soni 2100 dan ortiq bo‘lib, keng jamoatchilik uchun ochiq. Veb-saytda mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizayn versiyasi, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularga tezkor munosabat bildirish, tashriflar statistikasini o‘rganish va nazorat qilish, veb-sayt bo‘yicha izlash imkonini beruvchi funksiyalar mavjud.
Axborot xizmati tomonidan Ochiq ma'lumotlar portaliga Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga taalluqli ma'lumotlarni joylashtirish amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-sonli qarorining tegishli bandlariga muvofiq 2019-yil oktabr oyidan boshlab kiritib borilmoqda. 2021-yil 15-iyul sanasidan boshlab Ochiq ma'lumotlar portaliga Farmonda belgilab berilgan tartibdagi ma'lumotlar yuklanib, hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilmoqda.
Misol uchun, Aksiyadorlik jamiyati haqidagi: umumiy ma'lumotlar (nomi, manzili, asosiy ish vazifasi, podstansiyalar soni va magistral elektr tarmoqlarining uzunligi, filial va tarkibiy tuzilmalar, ish tartibi, rahbariyat tarkibi va ularning qabul kunlari, filial hamda tarkibiy bo‘linmalar haqida batafsil ma'lumotlar, ish telefon va pochta manzillari, aholi va jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha yagona va ishonch telefon raqamlari, veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari); asosiy ko‘rsatkichlar (statistik ma'lumotlar, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining miqdori /jami generatsiya/, elektr energiyasi transportirovkasi, elektr energiyasi importi va eksport hajmi); qo‘shimcha ko‘rsatkichlar (bo‘sh ish o‘rinlari, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari va statistikasi, mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni https://cooperation.uz va https://exarid.uzex.uz portali orqali amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar, mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari, davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalarining soni) https://data.gov.uz portaliga yuklanmoqda.
Aksiyadorlik jamiyatimiz faoliyatining muhim vazifalaridan biri, 84 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda 11400 kilometr uzunlikka ega elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, o‘chishlarni oldini olish, shuningdek, Respublimiz aholisiga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish uchun rele himoyasi xodimlari, ekspluatatsiya bo‘yicha navbatchilar, dispetcherlarga tun-u kun davomida uzluksiz ish tashkil etilgan:
• respublikaning magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;
• elektr energiyani respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish;
• elektr energiyani eksport va import qilish, shuningdek, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish;
• elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, shu jumladan xususiy kapital ishtirokidagi korxonalarni, shuningdek, magistral va hududiy elektr tarmoqlarini yagona operativ-dispetcherlik boshqarish;
• elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, shu jumladan xususiy kapital ishtirokidagi korxonalardan elektr energiyasini yagona xarid qiluvchi funksiyasini bajarish, shuningdek, elektr energiyani hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga sotish.
Hozirda Aksiyadorlik jamiyati tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jami 14 ta filial, elektr tarmoqlarini raqamlashtirishga ixtisoslashgan “Energo-IT” filiali, “O‘zenergoinjiniring” AJ loyiha tashkiloti, Maxsus texnika va avtotransport vositalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi “Energomaxsusavto” MChJ, elektr tarmoqlarini qurilishga ixtisoslashgan “Magistraltarmoqqurilish” filiali va “Gridcon” MChJ hamda 5 ta ijtimoiy soha obyektlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Elektr tarmoqlari va qurilmalarida mukammal va joriy ta'mirlash ishlari:
2021-yilda 9 dona kuch transformatorlari (129%), 77 dona o‘chirgichlar (108%), 19 dona havo kompressorlari (106%) va uzunligi 1224,7 km bo‘lgan 110-500 kVli elektr uzatish havo tarmoqlari (102%) mukammal ta'mirlandi.
292 dona podstansiya transformatorlari (102%), 1307 dona o‘chirgichlar (105%), 33 dona havo kompressorlari (110%) va uzunligi 4593,9 km bo‘lgan 110-500 kVli elektr uzatish havo tarmoqlari (106%) joriy ta'mirlandi.
Respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va biznes subyektlari hamda aholining elektr energiyasiga ortib borayotgan talabini to‘liq qoplash maqsadida, investitsiya dasturlari amalga oshirilib kelinmoqda. Mavjud podstansiyalardagi ma'nan va jismonan eskirgan elektr uskunalarni zamonaviylariga almashtirish, shuningdek quvvati kichik bo‘lgan kuch transformatorlarini katta quvvatlisiga almashtirish ishlari olib borilmoqda.
2022-yilda 10 dona kuch transformatorlari, 66 dona o‘chirgichlar, 14 dona havo kompressorlari va uzunligi 810.23 km bo‘lgan 110–500 kVli elektr uzatish havo tarmoqlari mukammal ta'mirlanadi.
Xavfsizlik yo‘nalishida 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibining 15-fevral 2021-yildagi bayonnomasiga asosan, 24–25-iyun kunlari 500 kV “Surxon” podstansiyasida “Obyektni muhandislik-texnik qo‘riqlov vositalari bilan jihozlash, sanoat va yong‘in xavfsizligi bilan ta'minlash, hamda sutkalik naryad bilan xizmatni tashkillashtirish” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi.
Shuningdek, Xavfsizlik kengashi kotibining 2021-yil 6-apreldagi topshirig‘iga asosan 500 kVli “So‘g‘diyona” podstansiyasida 2021-yil 20-avgustda “Obyektni muhandislik-texnik qo‘riqlov vositalari bilan jihozlash, sanoat va yong‘in xavfsizligi bilan ta'minlash, hamda sutkalik naryad bilan xizmatni tashkillashtirish” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotlarda Aksiyadorlik jamiyati Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi, magistral elektr tarmoqlari filiallar tasarrufidagi toifalangan obyektlar mavjud direktorlar xavfsizlik va maxsus ishlari guruhi mutaxassislari qatnashib, o‘z bilim-tajribalarini oshirdilar.
Ushbu tadbirlarni o‘tkazishdan ham asosiy maqsad — xodimlarga obyektlarni qanday xavfsizligini ta'minlash jihozlash qo‘riqlash tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda favqulodda holatlarda harakat qilishni o‘rgatish.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2021-yilda erishilgan asosiy natijalar quyidagicha:
I. Elektr energiyasini uzatish
Magistral elektr tarmoqlari orqali 63,8 mlrd. kVt•soat elektr energiyasi uzatilib, reja 111,5 foizga (reja 57,2 mlrd. kVt•soat) (o‘sish sur'ati 2020 yilga nisbatan 116,0 foizga) bajariladi. Elektr energiyasini uzatishdagi o‘z ehtiyoji uchun sarflanadigan elektr energiyasini kamaytirish uchun tasdiqlangan Tashkiliy texnik tadbirlar rejasi 11,2 mln. kVt•soat bo‘lib, amalda 20,12 mln. kVt•soat mikdoridagi elektr energiyasi tejashga erishildi (rejaga nisbatan 179,6 %).
II. Eksport ko‘rsatkichining bajarilishi
Eksport ko‘rsatkichlari jami 110,6 mln. doll. bajariladi. Jumladan, Afg‘oniston Islom Respublikasiga 107,5 mln. doll. elektr energiyasi eksporti va 3,1 mln. doll. elektr energiyasining tranzit xizmatlari amalga oshirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2021-yil 24-sentabrdagi 02-RA1/1-1517-sonli topshirig‘iga asosan Surxon–Puli-Xumri” 500 kV.li havo liniyasining qurilishi investitsiya loyihasi” bo‘yicha Afg‘oniston Islom Respublikasi hududidagi 500 kV kuchlanishli havo elektr tarmog‘inining qismini qurilish muddati 2022 yilning 31 avgustigacha uzaytirilgan.
III. Modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2021-yil 2-oktabrdagi 02-RA 2-6583-sonli topshirig‘ining 17-bandi 3-xatboshidi keltirilgan vazifalarni ijrosini bo‘yicha joriy yilda yuqori kuchlanishli podstansiyalar quvvatini 1680 MVAga oshirish belgilangan bo‘lib, yil yakuni bilan 15 ta podstansiyada 1 855 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi.
IV. Mahsulot tannarxini pasaytirish
“O‘zbekiston MET” AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-son «Sanoat sohasida ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qisqartirish, shuningdek, jismonan eskirgan va foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan asbob-uskunalarni yangilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bo‘yicha 2021-yil uchun jami 11,0 mlrd.so‘m (1,4 foiz) miqdorida ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha prognoz reja belgilangan bo‘lib, 11,1 mlrd.so‘m (1,4%) miqdorida xarajatlar qisqartirildi, prognoz reja 100,9 foizga bajarildi.
Jumladan;
• texnologik va boshqa yo‘qotishlar kamaytirish hisobiga 3172,1 mln.so‘m;
• eksplutatsiya va boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish hisobiga – 610,8 mln.so‘m;
• boshqa xarajatlarni qisqartirish hisobiga – 7319,1 mln.so‘mlik mablag‘larni iqtisod qilindi.
V. Importni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar
Chet el davlatlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan Jamiyat ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan elektr uskunalarini hozirda respublikamiz ishlab chiqaruvchi korxonalaridan (o‘ta kuchlanishni cheklash qurilmasi) elektron savdolar asosida xarid qilish natijasida importni qisqartirish 2021-yil yakuni bilan jami 350,0 mln. AQSh doll.ni tashkil etib, reja 152,2 foizga (reja 230,0 mln. AQSh doll.) bajarildi.
VI. Yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha
Joriy yilning yakuni bilan tizim korxonalarida 28 ta (reja 6 ta) yangi ish o‘rinlarini yaratildi.
VII. Amalga oshirilayotgan islohotlar va transformatsiya natijalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2020-yil 26-oktabr kuni Elektr energetikasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan 87-son yig‘ilish bayoni bandlarining ijrosi bo‘yicha ma'lumotlar.
Mazkur yig‘ilish bayonida elektr energetikasi korxonalari va mutasaddi tashkilotlar oldiga 19 ta banddan iborat vazifalar belgilangan. Shundan 4-, 7-, 11- va 12-bandlar bevosita “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ga tegishli. Mazkur 4 ta band jami 10 ta topshiriqdan iborat bo‘lib, ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi. Jumladan,
4-band: Tizimni transformatsiya qilish, xarajatlarni qisqartirish, jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha 2021-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejalarini tasdiqlash — Energokompaniyalarni transformatsiya qilish, korporativ boshqaruvni va moliyaviy auditni joriy qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Energetika vazirligi tomonidan 2020-yil 4-dekabrda tasdiqlangan.
7-band: Energokompaniyalarda xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobot tayyorlash tizimini to‘liq joriy etish – mazkur masalada “Ernst & Young” LLC auditorlik tashkiloti bilan 2021-yil 31-mart MUTS/CS-1/2-sonli shartnoma imzolandi. MHXS talablariga muvofiq “Aktivlarni qadrsizlanishga tekshirish va korxona aktivlarining iqtisodiy naflik darajasini aniqlash” bo‘yicha e'lon qilingan tanlovga ko‘ra “KPMG Valuation and Consulting” MChJ bilan ham 2021-yil 22-sentabrda S-UZB-21-00018-sonli shartnoma imzolandi. 2019–2020-yillar uchun Akksiyadorlik jamiyati Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablariga muvofiq to‘liq auditorlik tekshiruvidan o‘tkazildi va ijobiy xulosa olindi.
8-band:
1. Magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish uzoq muddatli (kamida 10 yillik) rejasini ishlab chiqish uchun xorijiy ekspertlar tanlovini yakunlash — Xorijiy ekspertlar tanlovi bo‘yicha kelib tushgan tender takliflarining texnik qismi baholanib, 2021-yil 1-aprel kuni g‘olib kompaniya MRC Consultants and Transaction Advisers S.L. (Ispaniya) kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi;
2. Joriy yil yakuniga qadar “Yangi 500 kV kuchlanishli “Halqa” nimstansiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish — Mazkur investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 227-son qarori bilan tasdiqlandi. “Issiqlikelektrloyiha” AJ tomonidan loyiha tender hujjatlari ishlab chiqildi;
3. Elektr energetikasi sohasidagi mavjud standartlarni xalqaro standartlar asosida bosqichma-bosqich qayta ko‘rib chiqib, kamida 500 ta standart qabul qilinishini ta'minlash — O‘zbekiston Republikasi Energetika vazirligi 2020-yil 28-dekabrda 03-11-7228-son xat bilan texnik kengash tomonidan qabul qilingan jami 529 ta xalqaro standartlarni qabul qilish uchun “O‘zstandart” agentligiga taqdim etdi. “O‘zstandart” agentligi 524 ta Xalqaro elektrotexnika komisiyasining standartlarini belgilangan talablar hamda kelishuv shartlariga asosan standartlar sifatida qo‘llash mumkinligini ma'lum qildi;
4. Ixtisoslashgan loyiha institutini jalb qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi energotizimidagi barcha magistral elektr tarmoqlarining raqamli modelini va interaktiv xaritasini yaratish — Mazkur topshiriq ijrosini o‘z muddatida amalga oshirish uchun "UzAssistem" MChJ KK hamda Jamiyatimiz o‘rtasida tuzilgan R0l5-sonli shartnomaga acocan Digsilent Rower Fastoru dasturida yagona energotizimning raqamli modeli va magistral elektr tarmoklarining interaktiv xaritasi yaratildi. Hozirda dasturni yanada takomillashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich muayyan ishlar olib borilmoqda.
9-band:
1. Navoiy viloyatidagi 500 kV “Muruntov” nimstansiyasi hamda Navoiy issiqlik elektr stansiyasi bilan bog‘lovchi 177 km elektr tarmog‘ini qurish bo‘yicha xalqaro tenderlarni e'lon qilish — 2021-yil 3-fevral kuni xalqaro tender savdolariga e'lon berildi va 2021-yil 6-may kuni 17 ta xalqaro kompaniyadan kelib tushgan tender takliflarining texnik qismi ochildi. Ishchi guruh tomonidan baholash ishlari ham yakunlandi. Hozirda harid komissiyasi va yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan kelishilmoqda;
2. 2021-yildan boshlab, davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida qurilayotgan xususiy elektr stansiyalarini respublika energotizimiga ulash va ularni boshqarishni ta'minlash hamda ushbu ishlarni to‘g‘ri tashkil etish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish — Bu borada Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan yollangan Adalid Asesores y Consultores (ADAYC) konsalting kompaniyasi mutaxassisi Santyago Mirabal Montero (Ispaniya, Madrid) bilan yaqin hamkorlikda ishlar olib bormoqda. Xususan, joriy yilning 27-avgust kuni Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi to‘liq quvvatda ishga tushirildi. Budan tashqari joriy yilning yanvar oyi oxiriga qadar Fransiyaning “Total Eren” kompaniyasi bilan Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirish kutilmoqda.
3. Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasi doirasida Fransiyaning “Total Eren” kompaniyasi bilan imzolangan Investitsiya bitimiga muvofiq infratuzilmani barpo etish bo‘yicha ishlarni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshirish — Talab etilgan infratuzilmani barpo etish ishlari to‘liq yakunlanib, ishchi komissiya dalolatnomasi rasmiylashtirilib, “Tutly Solar” MChJga topshirildi.
4. Markaziy Osiyo birlashgan energotizimini to‘liq tiklash hamda Tojikiston energotizimi bilan parallel ishlashni ta'minlash uchun G‘uzor–Regar 500 kV elektr uzatish tarmog‘ini tiklash ishlarini 2021-yil 1-iyulga qadar yakunlash — Loyiha doirasida xalqaro tender natijalariga ko‘ra g‘olib kompaniya bosh pudratchi «Shanghai Electric Transmission and Distribution Co., Ltd» (KNR) bilan 14,7 million AQSh dollar miqdorida shartnoma imzolandi. G‘uzor–Regar 500 kV elektr uzatish tarmog‘i loyihasi doirasida qurilish montaj ishlari yakunlanib, tarmoqning butligi to‘liq tiklandi.
5. Xorijiy konsultantlar bilan birgalikda avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimi (SSADA)ni joriy etish bo‘yicha texnik iqtisodiy asoslar va tender hujjatlarini ishlab chiqish – Mazkur loyiha bo‘yicha xalqaro tanlov e'lon qilindi. Tanlovda Fransiyaning EDF-CIST konsalting kompaniyasi g‘olib chiqdi. Bugungi kunda loyihaning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish ishlari yakunlangan bo‘lib tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda.
2022-yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar:
Birinchi – magistral elektr tarmoqlari orqali jami 65,0 mlrd kVt•soat elektr energiyasini transportirovka qilinib, texnologik yo‘qotishlarni 10,9 mln kVt•soatga kamaytirish ta'minlanadi.
Ikkinchi – 3,0 mlrd so‘m miqdorida xarajatlarni qisqartirish ta'minlanadi.
Uchinchi – eksport ko‘rsatkichi 132,8 mln dolllar miqdorida rejalashtirilgan. Shundan, Afg‘oniston Islom Respublikasiga elektr energiyasi eksporti 110,5 mln dollar, tranzit xizmatari 1,3 mln dollar va qurilish-montaj ishlari 21,0 ming dollar miqdorida.
To‘rtinchi – investitsiya dasturi doirasida 133,3 mln dollar mablag‘ o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
Beshinchi – modernizatsiya va yangi qurilish dasturlari doirasida 11 ta podstansiyada o‘rnatilgan quvvat 1616 MVAga oshiriladi.
Oltinchi – mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hisobiga import hajmini 230,0 ming dollarga qisqartirishga erishish ta'minlanadi.
Yettinchi – 18 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Sakkizinchi – jamiyatni transformatsiya qilish bo‘yicha:
• Energiya tejamkorlikni yanada oshirish;
• Sohaga oid bo‘lmagan faoliyat turlarini autsorsingga berish;
• Sohani raqamlashtirish va raqamli transformatsiyani amalga oshirish;
• Jamiyat boshqaruviga malakali xalqaro mutaxassislarni jalb etish va mavjud xodimlar malakasini oshirish;
• Xalqaro kredit reytingini olish;
• avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimi (SCADA/EMS/RTU)ni joriy etish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish;
• “McKinsey&Company” xalqaro konsalting kompaniyasi tavsiyalarini bosqichma-bosqich amalga oshirish;
• Qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqalar.
II. 2022-yil I choragida amalga oshirildigan dolzarb vazifalar:
Birinchi – magistral elektr tarmoqlari orqali jami 17,1 mlrd kVt•soat elektr energiyasini transportirovka qilinishi ta'minlanadi.
Ikkinchi – 0,7 mlrd so‘m miqdorida xarajatlarni qisqartirish ta'minlanadi.
Uchinchi – eksport ko‘rsatkichi 40,5 mln dolllar miqdorida rejalashtirilgan. Shundan, Afg‘oniston Islom Respublikasiga elektr energiyasi eksporti 40,3 mln dollar, tranzit xizmatlari 0,24 mln dollar miqdorida ta'minlanadi.
To‘rtinchi – investitsiya dasturi doirasida 4,4 mln dollar mablag‘ o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
Beshinchi – modernizatsiya va yangi qurilish dasturlari doirasida 3 ta podstansiyada o‘rnatilgan quvvat 312 MVAga oshiriladi.
Oltinchi – mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hisobiga import hajmini 57,5 ming dollarga qisqartirishga erishish ta'minlanadi.
Kelajakni korrupsiyasiz birgalikda qurishimiz, buning uchun avvalo, o‘zimizni o‘zimiz tarbiya qilishimiz, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishini bartaraf qilish uchun birgalikda kurashishimiz zarur.
✍️ Nigora Abdullayeva, Moliyaviy boshqaruv, biznes etika, shaffoflik va komplaens bo‘limi boshlig‘i
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati