Murojaat egasi: Babaqulova Zebiniso Erkinovna
Elektron pochta: zebi.saidamir@yandex.ru
Murojaat mazmuni: «Assalomu aleykum! Men Buxoro viloyati, Kogon tumani, Vadan qishlog‘ida istiqomat qilaman. Bizda kunora elektr uzilishlari ro‘y beradi. Bu holat qachongacha davom etadi? Yosh chaqalog‘im bor, qanchadan qancha bemorlar bor. Elektrni pulini vaqtida to‘lasak. Qaysidir tashkilot tekshiradimi bu holatlarni? Qayerga murojaat etaylik yana?!»
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Zebiniso Erkinovna, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.
MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10548
“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/ategory/23
‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
• het.uz – расмий веб-сайти
• Телеграм – @hetmuloqot, @HET_admin
• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari
• Call centre: 1154
Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions
Murojaatchiga qo‘shimcha ma'lumot: Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda, energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli, elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon hisoblanadi va uning oldini olish uchun hozirda past va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida, podstansiyalarda ta'mirlash-sozlash, modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, noqulay ob-havo, kuchli shamol va yomg‘ir paytida elektr tarmoqlarida sodir bo‘lgan qisqa tutashuvlar tufayli elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Agar elektr tarmoqlari va podstansiyalar, transformator punktlari o‘z vaqtida, sifatli ekspluatatsiya qilinsa, noqulay ob-havoda elektr ta'minotida uzilishlar kam kuzatilishi lozimligi to‘g‘ri. Ammo simyog‘och va boshqa elektr qurilma hamda uskunalariga mutaxassislardan tashqari shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishlar, ulanishlar va boshqa texnik-muhandislik shartlariga rioya qilinmagan holda tashqi ta'sirlar ko‘rsatilsa, bu ham nosozliklar ko‘plab kuzatilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun, mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi elektr ta'minoti qurilmalari faqat mutaxassislarga murojaat qilish orqali sozlab-ta'mirlanishi lozim.
Batafsil tanishish uchun:
Bu haqda batafsil ma'lumotlarni quyidagi havolalardan olishigiz mumkin: ENERGOTIZIMDA MUVOZANATNI SAQLASH — KECHIKTIRIB BO‘LMAS USTUVOR VAZIFA: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717
SAVOL-JAVOB — iste'molchilar, jurnalist va blogerlar diqqatiga qo‘shimcha ma'lumotlar: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8935
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati