Yaqinda nasafnews.uz elektron nashrida “Qashqadaryo HET ogohlantirishsiz chiroq o‘chirilganiga «Milliy elektr tarmoqlari» AJ tizimidagi cheklovlarni sabab qilib ko‘rsatdi” nomli maqola e'lon qilingan edi.
Avvalroq ushbu nashr: «"Nasafnews" kuzatuvchilari bugun Qashqadaryo viloyatining ba'zi hududlarida chiroq o‘chgani, nega bu masalani sayt yozib chiqmayotgani haqida so‘rashmoqda» nomi bilan xabar joylashtirgandi. https://t.me/nasafnewsuz/10629
25-mart sanasida veb-saytda e'lon qilingan maqolada jumladan shunday deyiladi: «Kecha axborot saytimizning telegram kanalida Qashqadaryo viloyatining ba'zi hududlarida kun davomida chiroq o‘chgani, «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ bu uzilishlardan iste'molchilarni ogohlantirmagani haqida yozib chiqqandik. «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildiribdi: «24-mart kuni energo tizimda quvvat tanqisligi sababli elektr qurilmalarining avariyali o‘chishining oldini olish uchun «Milliy elektr tarmoqlari» AJ ga qarashli Milliy dispetcherlik xizmati tomonidan Nishon 1, 2, KMZ 1, 2, Markaziy 1, 2, Unkombinat, Hilol, Shahrisabz, Yakkabog‘ 1, 2, Yoyilma, G‘armiston, Sherali 110 kV li tarmoqlariga cheklov kiritilganligi sababli viloyatga elektr yetkazib berishda uzilishlar kuzatilgan», – deyiladi xabarda.
Xo‘sh, shunday ekan, unda nega «Milliy elektr tarmoqlari» AJ bu cheklov haqida iste'molchilarga xabar bermagan?
Masalaga «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmatining rasmiy munosabati quyidagicha va ular masalaga to‘g‘ri yondashuv bilan aniqlik kiritgan: https://t.me/qashqadaryo_hududiy_elektr/6953
Iste'molchilar e'tiboriga yuqorida tilga olingan holat bo‘yicha tushuntirish berish barobarida shuni alohida ta'kidlash joizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati nomiga mart oyining oxirgi dekadasida Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda bir nechta yuridik shaxslardan (iste'molchilarning ishonch telefoni orqali bildirgan murojaatlari ham shular jumlasidan) xuddi shu mazmunga ega bir nechta xat yuborilgan.
Ushbu xatlarga «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan (Milliy dispetcherlik markazi hamda Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi ma'lumotlariga tayanib yozilgan) bildirilgan rasmiy javob tarkibida nasafnews.uz elekron nashri orqali e'lon qilingan masalaga ham javob, ya'ni vaziyatga berilgan baho va tushuntirish mavjud va u quyidagicha:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining 2022-yil 18-martdagi 24/1-88-sonli topshirig‘iga asosan, Qashqadaryo viloyati hokimligining 2022-yil 15-martdagi 05/781-sonli viloyatdagi korxonalarda kuzatilayotgan elektr ta'minotidagi uzilishlar to‘g‘risidagi xatini o‘rganib, quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Qashqadaryo viloyati iste'molchilariga “Qashqadaryo HETK” AJ tomonidan Vazirlar Mahkamasida tasdiqlangan elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste'mol balansi hamda “HET” AJ tomonidan taqsimlangan reja asosida elektr energiyasi yetkazib beriladi.
Ma'lumot o‘rnida: So‘nggi kunlarda “Qashqadaryo HETK” AJga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan o‘rtacha 20,0 mln. kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berilmoqda. Bu mart oyiga belgilangan reja ko‘rsatkichlaridan 2,0 mln. kVt•soatga, 2021-yil mart oyi ko‘rsatkichlaridan qariyb 4 mln. kVt•soatga ko‘p.
Xatda keltirilgan korxonalar “Qarshi” podstansiyasidan L-KMZ-1,2-110 kV tarmoqlaridan, boshqa biri esa “Qarshi” podstansiyasidan L-Xilol-1-110 kV tarmog‘idan elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.
Mart oyi davomida elektr energiyasiga bo‘lgan talab yuqori bo‘lganligi hamda issiqlik elektr stansiyalar yoqilg‘i ta'minotida bir qator muammolar yuzaga kelganligi sababli energotizimdagi keng ko‘lamli avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida respublika miqyosida elektr energiyasi iste'moliga cheklovlar kiritilishga majbur bo‘lindi. Bunda “Qashqadaryo HETK” AJ tomonidan yuqori turgan dispetcherlik markazlarini topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlamaganliklari sababli energotizimda avariyaga qarshi avtomatikaning ishlashi yoki 110 kV ta'minlash tarmoqlaridan iste'molchilarni tartibsiz uzilishiga sabab bo‘ldi. Aytib o‘tish joizki, dispetcherlik intizomining bu tartibdagi buzilishi energetika tizimida og‘ir oqibatli, yirik avariyali holatlarga olib kelishi mumkin.
Hozirgi kunga kelib, energotizimda zahira quvvatlari ishga kiritilgandan so‘ng “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ dispetcherlik xizmatlari tomonidan enerotizim bo‘yicha cheklovlar kiritilmayapti.
Yuqorida keltirilgan javob xatining mazmunidan bilish mumkinki, Qashqadaryo viloyati iste'molchilariga o‘rtacha 20,0 mln. kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berilmoqda. Bu mart oyiga belgilangan reja ko‘rsatkichlaridan 2,0 mln. kVt•soatga, 2021-yil mart oyi ko‘rsatkichlaridan qariyb 4 mln. kVt•soatga ko‘p.
Demak, xulosa shuki, joriy yil mart oyining oxirgi dekadasida Qashqadaryo viloyati iste'molchilarida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj mahalliy hokimiyat va tegishli tashkilotlar tomonidan tuzilgan rejaga nisbatan biroz ko‘proq talab etilgan va bu rejaga muvofiq ajratilgan yoqilg‘i hisobiga ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga nisbatan defitsit, ya'ni taqchillikni yuzaga keltirgan.
Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati, ya'ni Yagona elektr energetika tizimining Tizim operatori tarkibida, elektr energetika tarmog‘idagi yirik avariyalarning oldini olish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste'mol qilish mutanosibligini ta'minlashni amalga oshiruvchi Milliy dispetcherlik markazi mavjud.
Milliy dispetcherlik markazi tomonidan rejimni saqlash, ya'ni avariya rejimini bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda boshqa turdosh tashkilotlar dispetcherlariga elektr ta'minotiga zarur miqdorlarda cheklovlar kiritish, yoki aksincha, generatsiya quvvatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilishi O‘zbekiston Respublikasi «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi Qonunining (Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 24-iyunda qabul qilingan, Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda ma'qullangan) https://lex.uz/docs/-1521177 23-moddasiga asoslanib amalga oshiriladi.
23-modda. Avariya rejimini bartaraf etish
Avariya rejimini bartaraf etishda tizim operatori yagona elektr energetikasi tizimida mavjud bo‘lgan barcha zaxira quvvatlarni jalb etish, shuningdek elektr energiyasi iste'moliga cheklovlar joriy etish huquqiga ega.
Elektr energiyasi iste'moliga cheklovlar, birinchi navbatda, qaysi iste'molchi yuridik shaxslarning uskunalari elektr energetikasi tizimi ishlab turishining ishonchliligiga, elektr energiyasi sifatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, o‘sha iste'molchi yuridik shaxslarga nisbatan joriy etiladi.
Avariya rejimini bartaraf etishda uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo‘lgan, ushbu ishlab chiqarishning to‘xtatilishi odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishiga, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan iste'molchi yuridik shaxslarga nisbatan elektr energiyasi iste'molini cheklash faqat alohida hollarda va belgilangan tartibda tizim operatori tomonidan amalga oshiriladi.
Avariya rejimi vujudga kelganda elektr energiyasi iste'molini cheklash tartibi, shuningdek, elektr energiyasi iste'moliga cheklovlar joriy etilishi mumkin bo‘lgan iste'molchilar guruhlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Asosiy ma'lumot: Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda, energotizim barqarorligini saqlash maqsadida, o‘rnatilgan releli himoya va avtomatika rejimi ishlashi tufayli, elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy texnik-muhandislik jarayoni hisoblanadi. Past kuchlanishli tarmoqlar yoki transformator punktlaridagi rejali ta'mirlash-sozlash ishlari olib borilsa, iste'molchilar bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy bo‘linmalari tomonidan ogohlantiriladi. Turli omillar ta'sirida elektr ta'minotida sodir bo‘lgan nosozliklarni (favqulodda o‘chishlarni) oldindan aytish va bu haqda iste'molchilarni ogohlantirishning imkoni mavjud emas.
Bu haqda batafsil ma'lumotlarni quyidagi havolalardan olishigiz mumkin: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717
Iste'molchilarga uzbekistonmet.uz veb-saytida e'lon qilingan mavzuga oid maqolalar bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz:
✔️ MILLIY DISPETCHERLIK MARKAZI: Energotizimda yirik avariyalarning oldini olish uchun qo‘llanilayotgan choralarning ahamiyati
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1610
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1611
✔️ Markaziy Osiyo elektr energetika yagona tizimi nima?
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1925
✔️ Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan savol-javoblar matni
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1361
✔️ MARKAZIY OSIYO BIRLASHGAN ENERGOTIZIMIDA SODIR BO‘LGAN FAVQULOTDA HOLAT BO‘YICHA QISQA MA'LUMOT
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/950
✔️ AOKAda brifing: «ENERGOTIZIMDA MUVOZANATNI SAQLASH — KECHIKTIRIB BO‘LMAS USTUVOR VAZIFA»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/597
✔️ DISPETCHER ELEKTR TA’MINOTINI UZMASA NIMA BO‘LADI? yoxud tizimidagi yirik avariyalarning asosiy sabablari
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/177
✔️ CHEKLOVLAR O‘RNATILISHIGA MAJBUR BO‘LINMOQDA! yoxud bugungi kun energiya tejamkorligi madaniyati qay ahvolda?
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/150
Energetika tizimidagi favqulodda holatlarda “O‘zbekiston MET “AJ Milliy dispetcherlik markazi keng ko‘lamli uzilishlarni oldini olish maqsadida, faqatgina Qashqadaryo viloyati iste'molchilariga emas, balki Respublika miqyosida elektr energiya iste'moliga cheklovlar kiritish yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ dispetcherlik bo‘g‘inlariga topshiriq beradi. O‘z navbatida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ dispetcherlik xizmatlari bevosita iste'molchilarni ushbu holat yuzasidan ogohlantirishi lozim. Milliy dispetcherlik markazini topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarilmasligi, ya'ni dispetcherlik intizomining buzilishi, avariyaga qarshi avtomatikani ishlashi yoki ta'minlash markazlaridan iste'molchilarni tarmoqdan uzilishiga sabab bo‘ladi.
Zudlik bilan chora ko‘rilmasligi joriy yil yanvar oyida sodir bo‘lgan tizim miqyosidagi favqulodda holatlarga sabab bo‘lib katta masshtabli, og‘ir oqibatli holatlarga olib kelishi mumkin.
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati