Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Qiziltepa tumaniga ishga kirish uchun 2018-yildan buyon bir necha og‘zaki murojaat qilgandim. Bo‘sh ish o‘rni yo‘qligi to‘g‘risida og‘zaki javob berishdi...”
  • 04.01.2022
  • 500

Murojaat egasi: Tillayev Mirkomil Saidovich

Elektron pochta: tillaevmirkomil555@gmail.com

Murojaat mazmuni: «Ushbuni yozib ma'lum qilamanki, «Milliy elektr tarmoqlari» Qiziltepa tumaniga ishga kirish uchun 2018-yildan buyon bir necha marotaba murojaat qildim. Qayta-qayta, og‘zaki murojaat qilgandim. Bo‘sh ish o‘rni yo‘qligi to‘g‘risida og‘zaki javob berishdi. Lekin shundan keyin bir necha xodimlarni ishga qabul qilishdi. Mening murojaaatim o‘z holicha qolaverdi. Sizdan iltimos, “Milliy elektr tarmoqlari” Qiziltepa tumaniga ishga kirishga amaliy yordam berishingizni so‘rayman.»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Mirkomil Saidovich! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi. Murojaatingizga javob o‘rnida avvalo sizga shuni ma'lum qilishimiz lozimki, tashkilotimizning to‘liq nomi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati bo‘lib, uning Qiziltepa bo‘limi mavjud emas. Aksiyadorlik jamiyatimiz tarkibida “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali mavjud. Bo‘sh ish o‘rinlariga belgilangan talablarga muvofiq nomzodlarni tanlab ishga qabul qilish Filial rahbariyati va xodimlar bilan ishlashga mas'ul mutaxassislar zimmasiga yuklatilgan. Faqat rahbar kadrlarning bo‘sh ish o‘rinlariga tavsiya qilingan nomzodlari Aksiyadorlik jamiyatining ma'muriyati orqali tegishli tartibda suhbatdan o‘tkazilib, tegishli bo‘lim va boshqarmalardan ijobiy tavsiya olganidan so‘ng ishga qabul qilinishi mumkin.

Taxminimizcha, Siz turdosh tashkilot — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga murojaat qilgan bo‘lishingiz mumkin. Uning har bir tumanda bo‘lgani kabi Qiziltepa tumanida ham elektr tarmoq korxonasi — tuman bo‘limi mavjud.

Umuman olganda,  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ ham, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ham 2019-yilda tashkil topgan.

Qo‘shimcha ma'lumot:

Hurmatli fuqaro, Mirkomil Saidovich, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishga kirishingiz uchun, avvalo, Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadr_nes@mail.ru elektron pochtasiga rezyume-ma'lumotnomangizni yuborishingiz lozim.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6851; 71-236-6190.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: kadr_nes@mail.ruinfo@uzbekistonmet.uz

Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi. Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>