Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Ayni farzandlarimiz maktabga, o‘zimizni esa ishga boradigan vaqtda chiroq o‘chadi”
  • 03.01.2022
  • 351

Murojaat egasi: Meliboyev Shuhratjon Saidahmad o‘g‘li

Elektron pochta: shurat@gmail.com

Murojaat mazmuni: «...Murojatimning mazmuni shundan iboratki, men Meliboyev Shuhratjon Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, Yakkatut qishlog‘i, Soytepa mahallasi 47-xonadonida istiqomat qilaman. Hozirgi kunda, qish mavsumida bizda tabiiy gaz yo‘q. Elektr ham ayni kerak vaqtda, ertalab 07:00 da o‘chadi. Ayni farzandlarimiz maktabga, o‘zimizni esa ishga boradigan vaqtda. Kunduzi ham 2-3 marotaba va yana kechki payt 17:00 da, kechki ovqat payti 21:00da o‘chadi. Gaz bo‘masa, elektr tarmog‘idan uzmanglar! Tuman elektr tarmoqlari bilan bog‘lansam, viloyatdan deyishdi, viloyat bilan bog‘lansam, ikki soat o‘chirishga ruxsat bor, “elektr yetishmovchiligi” deyishmoqda. 2 soat bo‘lsa mayli, ammo... Murojaatim javobsiz qolib ketmasin, rahmat.»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Shuhratjon Saidahmad o‘g‘li! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi. Elektr ta'motonida uzilishlar, ya'ni nosozliklar sodir bo‘lishiga ta'sir etuvchi omillar bir nechta. Asosan ikkita yirik omil mavjud. Birinchisi, bu elektr tarmog‘iga turli texnik va iqlim sharoitlari bilan bog‘liq ta'sirlar, masalan, kuchli shamol va yomg‘ir ta'sirida qisqa tutashuvlar, tarmoq simlariga daraxt shoxlarining tegishi (yoki elektr o‘tkazuvchanlik xossasiga ega boshqa predmedlar), qurilish ishlarida yo‘l qo‘yiladigan ehtiyotkorsizlik tufayli ta'sirlar shular jumlasidan. Bundan tashqari, elektr uskuna va jihozlarining jismonan eskirishi tufayli (o‘zining ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lishi) nosoz holga kelishi yoki 200 ta xonadonga mo‘ljallangan transformatorlarga 300–400 ta xonadonning ulanishi oqibatida, elektr uskunalarining ortiqcha yuklamada ishlashi tufayli kelib chiqadigan nosozliklarni misol qilib olish mumkin.

Va, albatta, bu nosozliklar bartaraf etilayotgan paytda xavfsizlik texnikasi talablariga muvofiq tarmoqqa ulangan iste'molchilar vaqtincha tarmoqdan uzilib turiladi.

Ikkinchisi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste'mol o‘rtasidagi tafovut tizimning yaxlitligiga, barqaror faoliyatiga salbiy ta'sir etganda ma'lum texnik shartlar asosida tarmoqdan jadvalli uzishlar sodir bo‘lishi mumkin.

Bu jarayon avtomatik tarzda ro‘y berib, tizimning keyingi barqaror faoliyati uchun uni himoyalash sharti bilan ro‘y beradi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va taqsimlovchi tashkilotlar elektr ta'minoti uzilishidan manfaatdor emas. Aksincha, iste'molchilarga yetkazib berilmagan energoresurslar ishlab chiqarishda «yo‘qotilgan foyda» hisoblanadi. Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon bo‘lib, bu haqda oldinroqdan ogohlashtirishning imkoni yo‘q.

Batafsil ma'lumotlar:

✔ ENERGOTIZIMDA MUVOZANATNI SAQLASH — KECHIKTIRIB BO‘LMAS USTUVOR VAZIFA https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/597

✔ ELEKTR ENERGIYASI KUNLIK ISTE'MOLIDA «TONGGI MAKSIMUM» VA «KECHKI MAKSIMUM» DEGANI NIMA? https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717

✔ Batafsil SAVOL-JAVOBLAR: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8935

MA'LUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.

Qo‘shimcha ma'lumot: Hurmatli fuqaro, Shuhratjon Saidahmad o‘g‘li, Siz murojaatda ko‘targan masala, shuningdek, turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

 ⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

 het.uz – rasmiy veb-sayti

 Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

 Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

 Call centre: 1154

Qo‘shimcha ma'lumot:

✔ ELEKTR TA'MINOTINING TEXNIK VA MUHANDISLIK SHARTLARI: DUNYO ELEKTR ENERGETIKASIDAGI YIRIK AVARIYALAR VA ULARNING OQIBATLARI

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/1672

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining Call markaz raqami +998 (55) 500-5545.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>