O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali
❗️«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati quyidagi mutaxassislarni ishga taklif etadi:
⇒ 2022-yil 1-may holatiga jami 13 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud:
13 ta bo‘ ish o‘rni mavjud:
1) Boshqaruv raisining transformatsiya, raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
2) Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
3) Huquqshunos-maslahatchi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
4) Milliy dispetcherlik xizmati muhandisi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
5) Milliy dispetcherlik yetakchi xizmati muhandisi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega - energiya tizimida kamida 3 yil ishlash tajribasi;
6) Markaziy rele himoyasi va elektr avtomatikasi xizmati muhandisi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
7) Ichki audit xizmati boshlig‘i — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
8) Loyihalarni amalga oshirish guruhiga xaridlar bo‘yicha mutaxassis — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
9) Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi bosh mutahassisi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega, tajriba kamida 5 yil;
10) Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
11) Mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo‘limi boshlig‘i — oliy ma'lumotli, ingliz tilini bilishi shart, tajriba kamida 3 yil;
12) Transformatsiyani amalga oshirish bo‘limi bosh mutaxassisi — oliy ma'lumotli, ingliz tilini bilishi shart, tajriba kamida 5 yil;
13) Xaridlar bo'yicha transformasiya ofisi etakchi mutaxassisi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
✅ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining choraklik va har oyda yangilanib boradigan maֹ’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali orqali kuzatib boring!
‼️ Eslatma: o‘z tarjimai holi va mehnat faoliyati haqidagi ma'lumotlarni taqdim etayotgan fuqarolar aynan qaysi lavozimga o‘z nomzodini taklif etayotganini, shu bilan birga, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamlarini to‘g‘ri yozib yuborishlari shart.
YARATILGAN SHAROITLAR:
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;
• Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;
• Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).
Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi:
Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, aksariyat nomzodlar uchun oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.
Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-ob'ektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi. Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.
MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6851; 71-236-6190.
Veb-sayt: uzbekistonmet.uz
Elektron pochta: kadr_nes@mail.ru; info@uzbekistonmet.uz
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati