OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Nosozliklar bartaraf etilib, ayni paytda tarmoqdan uzilgan iste'molchilar tez orada tarmoqqa ulanishi ma'lum qilinadi
  • 04.04.2021
  • 461

 O‘zbekiston magistral elektr tarmog‘ida 3-apreldan 4-aprelga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan favqulotda holat to‘g‘risida ma'lumot

  Bugun, aniqrog‘i 3-apreldan 4-aprelga o‘tar kechasi soat 00:56 da “G‘uzor” va “Surxon” podstansiyalari oralig‘idagi 500-kVli L-508 havo tarmog‘i kuchli shamol vaqtida favqulodda o‘chgan. Natijada avariyaga qarshi avtomatika ishlashi oqibatida 280-MVt yuklama bilan iste'molchilar tarmoqdan uzilgan.

✅ Zudlik bilan safarbar etilgan tezkor brigada havo tarmog‘ining 362- va 363-sonli tayanchlarini shamol paytida shikastlanganligini aniqlagan. Hozirgi paytda ta'mirlash brigadalari voqyea joyiga yetib borib, nosoz holga kelgan tayanchlarni almashtirish choralarini ko‘rishmoqda.

  Ta'mirlash paytida Surxondaryo viloyati iste'molchilarini elektr ta'minoti turg‘unligini ta'minlash maqsadida past kuchlanishli tarmoqlar bo‘yicha cheklovlar kiritilmoqda.  

  Sodir bo‘lgan avariyaviy holatlar uchun Surxondaryo viloyati iste'molchilaridan uzr so‘raymiz. Nosozliklar bartaraf etilib, ayni paytda tarmoqdan uzilgan iste'molchilar tez orada tarmoqqa ulanishini ma'lum qilamiz.

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>