O‘zingizga ma'lum, kuz-qish mavsumining ilk kunlaridanoq ob-havoning keskin pasayishi tufayli yurtimizda energoresurslarga ehtiyoj sezilarli darajada oshdi, xususan elektr ta'minotida turli sabab va omillar tufayli uzilishlar kuzatilmoqda.
Yuqoridagilarni hisobga olib, murojaatchilardan kelib tushgan va elektr energetika tarmog‘iga taalluqli ayrim so‘rovlarni umumlashtirgan holda e'tiboringizga savol-javob shakliga havola etamiz.
Savol: O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasining elektr energetika tarmog‘iga mas'ul tashkilotlar nomi va ularning asosiy vazifalarini sanab bersangiz...
Javob: O‘zbekiston elektr energetika tarmog‘iga asosan 4 ta tashkilot mas'ul bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Prezident qarorlari hamda Hukumat topshiriqlari ijrosi nazorat qiluvchi va tarmoqda istiqboldagi rejalar strategiyasini belgilovchi — muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Demak:
1) «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati an'anaviy turdagi, ya'ni neft mahsulotlari, tabiiy gaz, yerosti gazi, mazut hamda ko‘mir yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan stansiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
2) «O‘zbekgidroenergiya» aksiyadorlik jamiyati qayta tiklanuvchi, ya'ni muqobil turda elektr energiyasi ishlab chiqaradigan gidroinshootlar faoliyatini boshqaradi;
3) «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli magistral elektr tarmoqlari hamda podstansiyalar orqali uzatish bilan shug‘ullanishdan tashqari elektr energiyasi importi va eksporti, tarmoqda qurilish-montaj, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari, shu bilan birga yirik investitsion loyihalar bo‘yicha Hukumat topshiriqlarini bajaradi;
4) «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati past kuchlanishli tarmoqlar orqali elektr energiyasini taqsimlash va yetkazib berish, past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalar faoliyatini boshqarish va ularga servis xizmatlar ko‘rsatish, qurilish-montaj, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari, shuningdek hisoblagichlar o‘rnatish va iste'mol qilingan elektr energiyasi to‘lovlari hisobdorligini yuritish bilan shug‘ullanadi.
Aholi, ijtimoiy soha obyektlari, o‘rta va kichik biznes vakillari va yirik sanoat korxonalariga elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiluvchi tashkilotlar qatorining eng boshida geologlar, geologiya-qidiruv boshqarmalari, konchilar, qazib oluvchilar, neft mahsulotlarini qayta ishlovchilar, loyihalash institutlari, tabiiy gaz, yerosti gazi, ko‘mir va boshqa neft mahsulotlari yetkazib beruvchi — «O‘zbekneftgaz», «O‘ztransgaz», «Hududgazta'minot» va «O‘zbekko‘mir» kabi tashkilotlar turadi va bu bo‘g‘unning eng so‘nggi nuqtasi elektr energiyasi iste'molchilari bilan tugaydi. Yuqorida nomlari sanab o‘tilgan tashkilotlarning asosiy maqsadi iste'molchilarni sifatli va ishonchli elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlashdan iborat.
Javob: bor, albatta. Boshqa soha va tarmoqlardan birmuncha farq qiladigan jihatlari mavjud. Mazkur tizimning boshqa ishlab chiqarish soha va yo‘nalishlarda farqi hamda o‘ziga xos xususiyati shundaki, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste'mol qilish — bir paytning o‘zida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yagona texnologik jarayon bo‘lib, har lahzada ular o‘rtasida tenglik, ya'ni muvozanat o‘rnatish nihoyatda muhim vazifa hisoblanadi. Sohaning ushbu jihati butun dunyo elektr energiya tizimlariga xos xususiyatdir.
Xo‘sh, bu nima degani?
Avvalo o‘rta maktab fizika darsligini esga olaylik... Elektr energiyasi yorug‘lik tezligida, soniyasiga 300 000 kilometrni masofani bosib o‘tadi. Demak, mahsulotning alohida turi sifatida tasniflanadigan elektr energiyasi ishlab chiqarilgan zahotiyoq, ya'ni soniyaning bir bo‘lagi ichida, ya'ni millisekundlarda iste'mol qilinishi lozim.
«O‘zbekistonda elektr energiyasi yetib bormagan hududlar» deb atalishi birmuncha noto‘g‘ri tushuncha bo‘lib, elektr ta'minoti tarmog‘iga ulangan har qanday iste'molchilarga elektr energiyasi ishlab chiqarilgan ondayoq, soniyaning yuzdan bir necha bo‘laklari ichidayoq yetib boradi!
Yuqoridagi fikrlardan shunday mantiqiy xulosa chiqadiki, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste'mol qilish o‘rtasida energiya balansi (!) muntazam ravishda ta'minlanishi lozim. Texnik-muhandislik shartlariga ko‘ra tizimda ishlab chiqarish va iste'mol o‘rtasidagi muvozanatni saqlash — tizim ishonchli faoliyatining kafolati hisoblanadi.
Savol: Elektr ta'minotidagi uzilishlarning asosiy sabablarini sanab bera olasizmi?
Javob: Bu texnik-muhandislik holatga sabab omillari bir nechta. Asosan 2 ta yirik omil mavjud.
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va taqsimlovchi tashkilotlar elektr ta'minoti uzilishidan manfaatdor emas. Aksincha, iste'molchilarga yetkazib berilmagan energoresurslar ishlab chiqarishda «yo‘qotilgan foyda» hisoblanadi.
Birinchisi, bu elektr tarmog‘iga turli texnik va iqlim sharoitlari bilan bog‘liq ta'sirlar, masalan, tarmoq simlariga daraxt shoxlarining tegishi (yoki elektr o‘tkazuvchanlik xossasiga ega boshqa predmedlar), qurilish ishlarida yo‘l qo‘yiladigan ehtiyotkorsizlik tufayli ta'sirlar, misol uchun kuchli shamol va yomg‘ir ta'sirida qisqa tutashuvlar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, elektr uskuna va jihozlarining jismonan eskirishi tufayli (o‘zining ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lishi) nosoz holga kelishi yoki 200 ta xonadonga mo‘ljallangan transformatorlarga 300–400 ta xonadonning ulanishi oqibatida, elektr uskunalarining ortiqcha yuklamada ishlashi tufayli kelib chiqadigan nosozliklarni misol qilib olish mumkin.
Va, albatta, bu nosozliklar bartaraf etilayotgan paytda xavfsizlik texnikasi talablariga muvofiq tarmoqqa ulangan iste'molchilar vaqtincha tarmoqdan uzilib turiladi.
Ikkinchisi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste'mol o‘rtasidagi tafovut tizimning yaxlitligiga, barqaror faoliyatiga salbiy ta'sir etganda ma'lum texnik shartlar asosida tarmoqdan jadvalli uzishlar sodir bo‘lishi mumkin.
Bu jarayon avtomatik tarzda ro‘y berib, tizimning keyingi barqaror faoliyati uchun uni himoyalash sharti bilan ro‘y beradi.
Elektr ta'minotida muvozanatni saqlash «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining hududiy dispetcherlari va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Milliy dispetcherlik markazi dispetcherlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati hamda «O‘zbekgidroenergiya» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ham faol ishtirok etishadi.
Javob: Iste'mol va ishlab chiqarish o‘rtasidagi muvozanatning yo‘qolishi tizimga jiddiy iqtisodiy zarar va uzoq muddatli o‘chishlarga sabab bo‘ladigan avariya holatlariga olib keladi. Shunga ko‘ra tizim dispetcheridan juda qisqa vaqtda keskin chora ko‘rish talab etiladi.
Aynan shuning uchun, aksariyat holatlarda, elektr ta'minotidagi uzilishlarni oldindan bilish va vaqtini belgilash, bu haqda istemolchilarni ogohlantirishning imkoni mavjud emas.
Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortishi kuzatilgan paytda, masalan yozdagi jazirama yoki qishdagi sovuq ob-havoda hatto rivojlangan mamlakatlarda ham iste'mol va ishlab chiqarish o‘rtasidagi energiya balansini ta'minlash juda qiyin vazifa bo‘lib qoladi. Tabiiyki, bunday vaziyatda qator nosozliklar, ya'ni yirik avariyalar oqibatida ko‘psonli iste'molchilar yoppasiga tarmoqdan avtomatik tarzda o‘chishining oldini olish uchun elektr energiyasi ta'minotida cheklovlar joriy etilishiga majbur bo‘linadi. Takror aytamiz, dispetcherlik markazi tomonidan energotizimda muvozanat saqlash jarayoni o‘z vaqtida ta'minlamasa, tizimdagi «zo‘riqish» turli yirik avariyalarga sabab bo‘lib, katta-katta hududlarda uzoq vaqt elektr energiya bo‘lmasligiga sabab bo‘ladi. Bunday nosozlik holatlarining iqtisodiy zararlari ham birmuncha katta mablag‘larga teng ekanligini alohida ta'kidlash joiz.
Javob: To‘g‘ri fikr! Iste'molchilar dispetcherlik xizmati elektr ta'minotiga ayrim cheklovlarni kiritish orqali qanday talafot va ko‘ngilsizliklarning oldini olishga intilayotganini tushuntirishning eng yaxshi usuli shu. Misol tariqasida dunyo elektr energiya tizimlarida sodir bo‘lgan yirik avariya va ularning ham ma'naviy, ham moddiy, ham ekologik zararlari haqida bir nechta voqyea-hodisalarni bayon qilamiz.
2005-yil 25-may sanasi, Moskva...
«Chagino» podstansiyasidagi avariya Rossiya tarixida 7 million aholi elektr ta'minotida uzilishga sabab bo‘lgan eng katta talafot deya qayd etilgan. Moskva shahri va Moskva viloyatidagi iste'molchilarning qariyb 26 foizi, Tula viloyati aholi va sanoat ob'ektlarining 87 foizi, Kaluga viloyatlaridagi iste'molchilarning 22 foizi elektr ta'minotisiz qolgan. Ryazan va Smolensk viloyatlarida ham elektr ta'minotida qisman uzilishlar kuzatilgan.
Moskva shahrining 11 ming 706 ta binoga ega 5 ta ma'muriy tumani, shu bilan birga, 8 ming 814 ta turarjoy binolari (ko‘pqavatli uylar), 600 ga yaqin maktab (e'tibor bering, maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari o‘tkazilayotgan kuni) va mingdan ortiq maktabgacha ta'lim muassasalari elektr ta'minotisiz qolgan. Bir soniya ichida birvarakayiga 33 mingta lift to‘xtab qolgan va uning ichida chorasiz qolgan 3 mingdan ziyod kishi qutqaruv xizmatiga murojaat qilgan. Elektr ta'minotisiz 28 ta tibbiy muassasalar: uchta yirik tug‘ruqxona komplekslari, bir nechta qon quyish markazi, shoshilinch jarrohlik va onkologiya shifoxonalari, bundan tashqari doimiy ravishda muzlatkichdan foydalanadigan o‘likxonalar (morglar) faoliyatida beqarorlik yuzaga kelgan. Shuningdek, ish faoliyati elektr energiyasining uzluksiz ta'minotiga bog‘liq bo‘lgan ichimlik suvi ta'minotida ham (30 ta nasos stansiyasi) uzilishlar kuzatilgan.
«Chagino» podstansiyasidagi avariya tufayli metro poezdlari to‘xtab qolgan, natijada 20 mingga yaqin yo‘lovchi 43 ta poyezd tunnellarda sarosimada qolishgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining tezkor kuchlari bir necha soat davomida yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish bilan shug‘ullangan. Tez tibbiy xizmatlarga mavjud kunlik talabdan bir necha marotaba ko‘p murojaatlar qayd etilgan. Boshqa metro liniyalarida tirbandliklar yuzaga kelgan. Kursk, Paveletskiy, Kiyev, Riga va Ryazan temiryo‘llarida 37 ta yo‘lovchi, 125 ta yuk va 700 ta shaharorti hududlarga qatnaydigan poezdlar to‘xtab qolgan.
Mobil aloqa, bankomatlar ishida uzilishlar bo‘lgan, internetdan foydalanish, birjalarda savdo-sotiq, sanoat korxonalari faoliyatida tom ma'nodagi to‘xtash sodir bo‘lgan. Moskva shahri hukumati yetkazilgan zararni 1 milliard 708 million 400 ming rublga, elektr ta'minotisiz 25 maydan 30 maygacha davom etgan ish kunlarini, ya'ni ish unumdorligi pasayishidan ko‘rilgan zararni 3 milliard rublga baholadi. Moskva viloyati 504 million rubl miqdorida zarar ko‘rgan. Tula viloyati ma'muriyati 436 million 800 ming rubl zarar miqdorini hisoblagan. Rossiya temir yo‘llarining zararlari taxminan 650 million rublga baholangan.
Boshqa misollar...
1977-yil 13-iyul, Nyu-York...
«Xelloven», ya'ni «qo‘rquv kechasi» bayrami kuni tarmoqdagi yirik avariya oqibatida 9 milliondan ziyod aholi elektr ta'minotisiz qoldi.
1999-yil 6-iyul, Nyu-York...
200 mingdan ziyod Manxetten aholisi 19 soat davomida elektr energiyasidan mahrum bo‘lishdi. Issiq havo tufayli elektr jihozlarining tizimga haddan ziyod ulanishi natijasida yuqori energiya iste'moli vujudga kelib, yirik avariyani keltirib chiqardi.
2006-yil 5-noyabr, G‘arbiy Yevropa...
Yevropa g‘arbida joylashgan qator mamlakatlarida millionlab odamlar elektr energiyasidan bebahra qolishdi. Energotizimdagi favqulodda holat yuz berishiga Germaniyada sovuq ob-havo tufayli iste'molning keskin o‘sishi sabab bo‘lgan. Energotizim to‘liq ishdan chiqishini oldini olish maqsadida elektr tarmoqlari avtomatik tarzda uzishlarni amalga oshirdi. Bu jarayon nafaqat Germaniya va Fransiyaga, balki Italiya, Belgiya va Ispaniyaga ham salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Avariya tufayli nafaqat aholi va sanoat korxonalari, balki Yevropadagi tezyurar temiryo‘l tizimi ham ma'lum muddat ish faoliyatini to‘xtatishga, vagonlarda qolgan yo‘lovchilar xavfsizligi bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lishdi.
2009-yil 10-noyabr, Braziliya...
Tizimdagi yirik avariya tufayli elektr ta'minotining uzilishi Braziliyada yashovchi 50 milliondan ortiq aholi turmushiga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Mamlakat iqtisodi hisobi oxiriga yetkazilmagan darajada zarar ko‘rdi. Aynan shu yirik avariya Urugvay energotizimida ham beqarorlik vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
2018 yil 25 mart, Yakutiya, Rossiya Federatsiyasi...
Bahor oyining dastlabki oyidagi sovuq kunlarning birida Yakutsk shahridagi 2-sonli elektr stansiyasi faoliyatining bir qismi favqulodda to‘xtatildi. Natijada Yakutskning bir qismi va Yakutiyaning markaziy hududlarida istiqomat qiluvchi iste'molchilar avariya bartaraf etilgunga qadar elektr energiyasiz kun kechirishga majbur bo‘lishdi.
2018-yil 3-iyul, Ozarbayjon...
Yoz faslining dastlabki issiq kunlarida yuqori energiya iste'moli vujudga kelib, mamlakat elektr energiya tizimida yirik avariya yuz berdi. Buning natijasida Ozarbayjonning 39 ta shahri va viloyatlarida elektr ta'minoti uzoq muddatga uzildi.
Bunday misollar ko‘p va ular har doim mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar oqibatlari bilan qayd etilgan.
O‘zbekistonda 2020-yil 20-noyabr kuni soat 15:48 da «To‘raqo‘rg‘on IES»da umumiy quvvati 610 MVt bilan ishlab turgan (o‘rnatilgan quvvati 900 MVt) ikkita: 1- va 2-sonli bug‘-gaz qurilmalari favqulodda o‘chish sodir bo‘ldi. Bu holat, o‘z navbatida, Markaziy Osiyo elektr energetika umumtizimining ish faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatib, Qozog‘iston va Qirg‘iziston tizimlaridan bir qancha iste'molchilar tarmoqdan uzilishiga sabab bo‘ldi. Markaziy Osiyo elektr energetika umumtizimining Rossiya Federatsiyasi energetika tizimidan bir muddat ajralishiga ta'sir ko‘rsatdi. Markaziy dispetcherlik markazi mutaxassislari tomonidan belgilangan xavfsizlik tezkor choralari qo‘llanilib, qo‘shni mamlakatdagi quvvat oqimlarini oshirish evaziga yuqorida sanab o‘tilgan nosozliklarga o‘xshash yirik avariyaning oldi olindi va bu bilan O'zbekiston elektr energetika tarmog'ining qimmatbaho jihoz va uskunalari keyingi barqaror faoliyati uchun saqlab qolindi.
Savol: Xo‘sh, O‘zbekistonda yirik avariyalar sodir bo‘lmasligi uchun elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayoni iste'molning oshib borishiga qarab rivojlantirilib borilmoqdami?
Javob: To‘g‘ri savol. Bunday tizimli avariyalarning oldini olish uchun elektr energiya tizimini muntazam ravishda rivojlantirib borish zarur. Chorak asr davomida elektr tarmoqlari deyarli yangilanmagan, faqat joriy, kam holatlarda kapital ta'mirlangan. Negaki, bu juda katta mablag‘lar talab etadigan amaliyot bo‘lib, elektr energiyasining tannarxi bozor iqtisodiyoti sharoitida keskin oshishiga sabab bo‘lishi mumkin edi. Oxirgi uch-to‘rt yil ichida esa yirik investitsion loyihalar orqali qurilish-montaj, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi va istiqboldagi rejalarga muvofiq bu amaliyotlar davom ettirilmoqda. Elektr energiyasi tannarxi esa davlat subsidiya ajratmalari yordamida mo‘tadillashtirilib borilmoqda.
Iste'molning oshib borish poygasiga ishlab chiqarish yetib olishining eng oson va arzon yo‘li — iste'mol madaniyatini shakllantirish orqali mamlakatda energiya samaradorligini va tejamkorligini ta'minlash. So‘ngra tizimni muqobil energiya turlari bilan boyitib borish va energotizim faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarda yangi texnologiyalarni joriy etish orqali mehnat unumdorligini oshirish, shuningdek texnologik sarflarni kamaytirishga erishish lozim.
Albatta, yuqorida sanab o‘tilgan masalalar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan va muhtaram Prezidentimizning tegishli qarorlari bilan belgilab berilgan energetika tizimi uchun istiqbolli vazifalardir. Jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha bir nechta investitsion loyihalarga start berilgan. O‘zbekistonda mavjud gidroinshootlar faoliyatidan tashqari quyosh panellari va shamol generatorlaridan foydalanuvchi «yashil energiya»ning ilk loyihalari 2021-yilning oxiri va 2022-yilning boshlarida foydalanishga topshiriladi. 2030-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalarining salmog‘i mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumhajmining 25%dan kam bo‘lmasligi Hukumat qarorlarida strategik vazifa sifatida belgilab berilgan.
Hozircha yurtimizda ishlab chiqarilayotgan tabiiy gaz miqdorining bir qismi, ammo yirik salmog‘i elektr energiyasini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan va ushbu qimmatbaho yoqilg‘ini yetkazib berishda ma'lum taqchilliklar mavjud. Bu esa, o‘z-o‘zidan ma'lumki, elektr ta'minotida ishlab chiqarish hajmi iste'mol talabini to‘liq qondirishga yetmayapti.
Bundan xulosa shuki, agar iste'molchilar elektr energiya tizimidagi barcha resurslardan oqilona foydalanmasa va bu orqali energotizimda muvozanat ta'minlanmasa, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tashkilotlarining dispetcherlari o‘z faoliyatidagi tartibga muvofiq cheklovlar o‘rnatadi. Agar bu muvozanat hududiy nazoratchilar tomonidan amalga oshirilmasa, ya'ni ma'lum jadvalga asosan cheklovlar o‘rnatish orqali muvozanat saqlay olinmasa yoki ular tomonidan markaziy dispetcherlik boshqaruvi ko‘rsatmalariga amal qilinmasa, energotizim xavfsizligini ta'minlash nuqtai nazaridan yuqori kuchlanishli elektr liniyalari tarmoqdan vaqtincha uzib qo‘yiladi. Aniqrog‘i, bunday amaliyot qo‘llanilishiga majbur bo‘linadi. Agar hududiy dispetcherlar ma'lum jadval tartibiga asosan, tegishli texnik-muhandislik qoidalariga binoan past kuchlanishli elektr tarmoqlarida energotizim balansini ta'minlasa (0,4 kV, 6-10 kV), markaziy dispetcherlik boshqaruvida favqulotda qaror qabul qilinishiga hojat bo‘lmaydi.
Belgilangan cheklovlar hududiy elektr tarmoqlari tomonidan bajarilmagan taqdirda tizimdagi yirik avariyalarning oldini olish uchun (35 kV va 110 kV) «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tarkibidagi Milliy dispetcherlik markazi tomonidan katta hududlar elektr ta'minotidan uzib qo‘yiladi, aniqrog‘i bu holat himoya tizimi ishga tushishi oqibatida avtomatik tarzda bajariladi. Ushbu amaliyot hukumat tomonidan tasdiqlangan elektr energiya xavfsizligi qoidalariga binoan amalga oshiriladi. Natijada, yirik talafot keltirishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar hamda jiddiy iqtisodiy zararlarning oldi olinadi.
Bir so‘z bilan aytganda, cheklov kiritilishi, energobalansni zudlik bilan tiklash va tarmoqga ulangan iste'molchilarni talabini qondirish uchun qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish uchun zarur bo‘ladigan choralarining bir qismidir.
Batafsil ma'lumotlar: DISPETCHER ELEKTR TA'MINOTINI UZMASA NIMA BO‘LADI? yoxud tizimidagi yirik avariyalarning asosiy sabablari (Eso Sadullayev, texnika fanlari nomzodi): http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/177
Savol: Demak, iste'molchilar sifatli va uzluksiz elektr ta'minotidan foydalanishlari uchun undan samarali foydalanishlari, o‘z o‘rnida behuda ishlatmasliklari, ya'ni tejashi kerak ekan-da?
Javob: Albatta! Iste'molchilarning ma'lum to‘lov evaziga elektr energiyasidan foydalanish huquqidan tashqari energiyatejamkorlik va energiyasamaradorlik masalasida ma'lum majburiyatlari ham bor. Aynan shu narsa ayrim iste'molchilar tomonidan unutib qo‘yilmoqda...
Shu o‘rinda iste'molchilarning to‘lov madaniyatida ham oqsoqliklar mavjud. O‘zbekiston elektr energiyasidan umumiy qarzdorlik 3,5 trillion so‘mni tashkil qilmoqda, undan aholining qarzdorligi esa 2,4 trillion so‘mdan ziyod.
Batafsil manba: O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlik miqdori 3,5 trillion so‘mni tashkil qilmoqda. https://kun.uz/52970312
Tejamkorlik va samaradorlik iste'molchining ekotizimga ko‘rsatayotgan sa'i-harakatidan tashqari o‘zi uchun iqtisodiy manfaat ekanligini ham unutmaslik lozim. Ammo behuda sarflanadigan energiya koni zarar: kech tushgandan ertalabgacha hovlidagi bir nechta chiroq yoniq turadi, ko‘p qavatli binolarning kirish qismida ham nechta yoritkich bo‘lsa, barchasi yoqilgan turadi. Foydalanilmagan paytlarda ham televizor, radio, kompyuter, batareya quvvatlagich va boshqa elektr jihozlarini iste'molga ulangan holda qoldiramiz.
Energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi aslida iste'mol madaniyatining yuksak namunalaridan biri ekanligi qayta-qayta ta'kilanadi. Bu haqda tahliliy maqolalar e'lon qilindi, turli audio va videomahsulotlar taqdim etilmoqda.
Energiya tejami va samarasi, eng avvalo, bino va inshootlarni to‘g‘ri va puxta qurishdan boshlanadi. Birgina misol, noto‘g‘ri qurilgan uylarni (ofislarni) yoritish, isitish yoki sovutish yillar davomida qurilishdan iqtisod qilingan mablag‘lardan o‘n, yuz, hatto ming marotaba ko‘p mablag‘ sarf etilishiga olib keladi.
Ammo energiya tejamkorligi va samaradorligi deganda faqat bemaqsad ishlab turgan elektr uskunasini tarmoqdan uzib qo‘yishdek tor fikr tushunilmasligi lozim. Fizika qonuniyatiga ko‘ra energiya bordan yo‘q, yo‘qdan esa bor bo‘lmaganidek, uni foydalanishga qulay, ya'ni iste'molga yaroqli qilish o‘ziga xos xarajat va harakat talab etadi. O‘z o‘rnida harakat va xarajat birligining tejalishi, yanayam aniqrog‘i energoresurslardan oqilona va maqsadli foydalanishda bosh omil — mantiqiy yondashuv bo‘lmog‘i lozim.
Qo‘shimcha ma'lumot: ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIGI MASALASIDA MANTIQIY YONDASHUV http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/352
Harakat va yorug‘likni ilg‘ovchi sensorli moslamalar o‘rnatilishi energiya tejamkorligining oson va arzon usulidir. Qimmatbaho energoresurslardan maqsadli foydalanish nafaqat xonadon yoki sanoat korxonalarida, balki shaharsozlik loyihalarida ham o‘z aksini topishi zarur. Ayniqsa yoritish tizimida zamonaviy uskuna va moslamalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Shunda mamlakatimizda shartli ravishda mavsumiy tarzda yuzaga keladigan energiya tanqisligi muammolariga ma'lum ma'noda yechim topish mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha ma'lumot: HARAKATNI ILG‘OVCHI MOSLAMALAR — ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIGI SARI ARZON VA OSON YO‘L http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/343
Energiya tejamkor bo‘lmagan elektr jihozlaridan foydalanish hamda eskirgan texnologiyalardan foydalanish oqibatida iqtisodiyotimizga zarar keltiramiz. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish, aniqrog‘i uni o‘g‘irlash orqali iste'molni boshqarish va nazorat qilish tizimidan tashqari qancha-qancha elektr energiyasi sarf qilinadi. Natijada iste'mol asossiz ravishda oshadi, quvvat bloklari, magistral havo liniyalari, transformator podstansiyalari va elektr uzatish tarmoqlarining ortiqcha yuklanishi kuzatiladi. Bu, o‘z navbatida, tizimdagi avariyalarning paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit yaratishi turgan gap.
Bunday isrofgarchilik, ortiqcha harajat va mehnatni kamaytirishning yagona yo‘li shu — iste'mol madaniyati darajasini yuksaltirish, energiya tejamkorligi va samaradorligiga bog‘liq amaliyot va tushunchalarni kundalik hayotimizga olib kirish. Bu haqda ko‘p va xo‘p gapirish, jamoatchilik e'tiborini tortish, davlat tomonidan tegishli qaror va majburiyatlarni joriy etish bugungi kun talabidir.
Bizdan atigi bir narsa — atrof-muhit tozaligini saqlash, o‘z farzandlarimiz va kelajak avlodlarimiz sog‘lig‘ini asrash, jamiyatimiz ravnaqi va jonajon yurtimiz rivojiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan elektr energiya sarfi, undan oqilona foydalanish va tejamkorlik madaniyatini yuksaltirish masalalariga ongli munosabatda bo‘lishimiz davr talabidir.
Ulug‘bek Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Bugun, 28-noyabr kuni AOKAda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Axborot xizmati rahbari Ulug‘bek O‘rinov ishtirokida "Elektr energetika tarmog‘i bo‘yicha aholi murojaatiga javoblar" mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi: https://t.me/minenergy_uz/2444
Электр таъминотидаги узилишларнинг асосий сабаблари маълум қилинди: https://kun.uz/48730591
Названы две основных причины отключения электричества в Узбекистане: https://kun.uz/ru/news/2020/11/28/nazvany-dve-osnovnyx-prichiny-otklyucheniya-elektrichestva-v-uzbekistane
National Electric Networks of Uzbekistan names two factors causing power outages in the country https://kun.uz/en/05944052
Elektr ta'minotidagi uzilishlarning asosiy sabablari nimada? — mutasaddi javob berdi: http://xs.uz/uzkr/45372
"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" matbuot kotibi elektr uzilishi bo‘yicha savolga javob berdi: http://jahon.uz/index.php?newsid=6279
Yangiliklar 24 | «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati brifingi: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5197
Noto‘g‘ri qurilgan uylardagi elektr energiya iste'moli qurilishga sarflangan mablag‘dan ming marotaba ko‘p mablag‘ sarflanishiga olib keladi:
Elektr ta'minotidagi uzilishlarning asosiy sabablari nimada? https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/11156
Noto‘g‘ri qurilgan uylardagi elektr energiya iste'moli qurilishga sarflangan mablag‘dan ming marotaba ko‘p mablag‘ sarflanishiga olib keladi:
https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/11157
O‘zbekistonda elektr energetika tarmog‘iga mas'ul tashkilotlar va ularning asosiy vazifalari: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/11158
O‘zbekistonda elektr ta'minotidagi uzilishlarning asosiy sabablari ma'lum qilindi: https://teznews.uz/?p=64304?utm_source=@teznewsuz
Elektr ta'minotidagi uzilishlarning asosiy sabablari nimada? http://darakchi.uz/uz/108494
Elektr ta'minotidagi uzilishlarning asosiy sabablari aytildi: https://sputniknews-uz.com/society/20201129/15497023/Elektr-taminotidagi-uzilishlarning-asosiy-sabablari-aytildi.html
В Узбекистане выявили главные причины отключения электроэнергии https://rossaprimavera.ru/news/7dbc4719
Обнародованы две главные причины отключения электричества в Узбекистане — Nova24.uz https://nova24.uz/news/16871/
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati