Yangiliklar
Magistral elektr tarmoqlarida mavsumga tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda
  • 23.09.2024
  • 38

 Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining 500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ida olib borayotgan joriy ta’mirlash ishlari aks etgan. Jumladan, mutaxassislar Toshkent viloyati hududidan o‘tuvchi tarmoqlarga qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalar o‘rnatib, metall konstruksiyali tayanch ustunlarining ostini mustahkamlash ishlarini bajarishmoqda. Singan izolyatorlar almashtirilmoqda.

Bundan tashqari, liniyalarning kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich trosslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>