Yangiliklar
Navbatdagi ilmiy-amaliy mashg‘ulot: Energetika sohasiga raqamli texnologiyalar tatbiq etilish jarayoniga oid yangiliklar
  • 16.09.2024
  • 41

Bugun, 2024-yil 16-sentabr kuni "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov tomonidan videokonferensaloqa orqali o‘tkaziladigan ishchi tartibdagi yig‘ilish «Raqamli texnologiyalarning energetika sohasiga tatbiq etilishi» mavzusidagi ilmiy-amaliy mashg‘ulot bilan davom ettirildi.

⚡️ Mashg‘ulotni texnika fanlari nomzodi Iso Sadullayev olib bordi.

Ishchi majlis davomida qisqa vaqt davom etgan ilmiy-amaliy mashg‘ulotda mutaxassis IEC-61850 — «Podstansiyalardagi tarmoqlar va aloqa tizimlari» standartiga oid yangiliklar, bundan tashqari, ayni paytdagi istiqbolli rejalarga muvofiq 2030-yilgacha O‘zbekistonda raqamlashtirilgan energetika obyektlarining ish faoliyatidan kutilayotgan samaradorlik ko‘rsatkichlari haqida qiziqarli maʼlumotlarni taqdim etdi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>