OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Ijro etuvchi hokimiyat organlarining soni 61 tadan 28 tagacha qisqartiriladi
  • 23.12.2022
  • 378

2022-yil 23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Yangi O‘zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonga imzo chekdi. Unga ko‘ra,  2023-yil 1-yanvardan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining soni 61 tadan 28 tagacha, vazirliklar soni 25 tadan 21 tagacha qisqartiriladi.

Manba: https://president.uz/uz/lists/view/5789

Kinematografiya agentligi ▶️ Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

2  Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi ▶️ Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

3  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi ▶️ Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

4  Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi ▶️ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuriga o‘tkazilmoqda;

5  Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi ▶️ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

5  Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ▶️ Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda. Bunda dori-darmon va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkaziladi;

6  O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ▶️ Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi Statistika agentligi shaklida qayta tashkil etilib ▶️ Prezident huzuriga o‘tkazilmoqda;

7  Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi Mudofaa sanoati agentligi shaklida ▶️ Mudofaa vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

8 Davlat soliq qo‘mitasi Soliq qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, ▶️ Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

9 Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, ▶️ Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

10 Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, ▶️ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

11 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi ▶️ Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

12 Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi ▶️ Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

13 Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi ▶️ Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

14 Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, ▶️ Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.

✅ Vazirliklar soni 25 tadan 21 tagacha qisqartiriladi

2022-yil 23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Yangi O‘zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonga imzo chekdi. Unga ko‘ra,  2023-yil 1-yanvardan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining soni 61 tadan 28 tagacha, vazirliklar soni 25 tadan 21 tagacha qisqartiriladi.

Manba: https://president.uz/uz/lists/view/5789

Ya'ni, quyidagi vazirliklar qoladi:

1  Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;

2  Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

3  Tog‘-kon va geologiya vazirligi;

4  Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;

5  Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;

6  Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;

7  Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi;

8  Tabiat resurslari vazirligi;

9  Yoshlar siyosati va sport vazirligi;

10  Qishloq xo‘jaligi vazirligi;

11  Suv xo‘jaligi vazirligi;

12  Raqamli texnologiyalar vazirligi;

13   Adliya vazirligi;

14  Transport vazirligi;

15  Madaniyat va turizm vazirligi;

16   Mudofaa vazirligi;

17  Energetika vazirligi;

18  Sog‘liqni saqlash vazirligi;

19  Tashqi ishlar vazirligi;

20  Ichki ishlar vazirligi;

21  Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>