Energetika vaziri boshchiligidagi maxsus shtab tomonidan 8-dekabrdan 9-dekabr kuniga o‘tar kechasi Toshkent viloyatidagi yuridik isteʼmolchilarning tabiiy gazdan foydalanish holati bo‘yicha tungi nazorat tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida Olmaliq shahrida joylashgan “Olmaliq g‘ishtchi” MCHJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish zavodi gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan joriy yilning 29-noyabr kuni gaz tarmog‘idan ajratilganiga qaramasdan, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa noqonuniy ulanib tabiiy gazdan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Korxona tomonidan noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi 118 ming kub metrni tashkil etadi.
Ushbu hajmdagi tabiiy gaz 5 000ga yaqin hovli xonadonning kuz-qish mavsumida 1 (bir) kunlik isteʼmolini tashkil qiladi.
Holat yuzasidan barcha hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Olmaliq shahar prokuraturasiga topshirildi. Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hududlar bo‘ylab nazrat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
https://minenergy.uz/uz/news/view/2340
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati