OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: "Iste'molchilar nimalardan norozi? Savdo sohasi antireytingda birinchi"
  • 21.01.2022
  • 240

  O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 2021-yil davomida fuqaro (iste'molchi)lardan jami 11220 ta murojaatlar kelib tushgan.

  Mazkur ariza va shikoyatlarning 10254 tasi ya'ni, 91,4 % ijobiy hal etilishi natijasida iste'molchilar foydasiga jami 20 393 651 249 (yigirma milliard uch yuz to‘qson uch million olti yuz ellik bir ming ikki yuz qirq to‘qqiz) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

  Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan, iste'molchilardan tushgan 30 ta murojaat asosida iste'molchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga da'vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 1 365 075 465 (bir milliard uch yuz oltmish besh million yetmish besh ming to‘rt yuz oltmish besh) so‘m moddiy va ma'naviy zararlar iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

  Iste'molchilardan kelgan shikoyatlarning eng ko‘pi, ya'ni 4241 tasi (37,8%) savdo sohasiga, 1150 tasi (10,2%) elektr ta'minoti sohasiga, 536 tasi (4,8%) suv ta'minoti sohasiga, 363 tasi (3,2%) kommunal xizmat sohasiga, 134 tasi (1,2%) sog‘liqni saqlash sohasiga, 923 tasi (8,2%) xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga, 276 tasi (2,5%) transport sohasiga, 369 tasi (3,3%) aloqa (va internet) sohasiga, 1612 tasi (14,4%) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.


  http://jahon.uz/index.php?newsid=10529


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>