O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Xitoyning “China Huaneng Group” kompaniyasi mamlakatda quyosh elektr stansiyalarini qurish rejalari haqida ommaviy axborot vositalarida e'lon qilgan xabarini rad etadi.
Energetika vazirligi barcha kompaniyalar O‘zbekiston hududida yangi elektr stansiyalar qurishni boshlashini, ular tenderlar g‘olibi deb topilganidan so‘ng, uning davomida talabgorlarning eng yaxshi loyiha takliflari baholanishini ta'kidlaydi.
Albatta, har bir investorning mamlakatimizda energetika quvvatlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etishdan manfaatdorligi e'tirof etamiz. Yangi elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha har bir yangi tender xalqaro hamjamiyat va kompaniyalar tomonidan tobora ko‘proq qiziqish uyg‘otayotganini ham qayd etamiz. Tanlov ishtirokchilari soni yil sayin ortib bormoqda.
Shu bilan birga, har bir loyihasi doirasida quvvatlarni oshirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tenderlarni tashkil etish ishlari keng yoritib berilmoqda. Ishtirokchilarning ism-shariflari, tender jarayonlari g‘oliblari va olingan natijalar ochiq e'lon qilinadi. Bunday ma'lumotlar, birinchi navbatda, Energetika vazirligining barcha resurslarida (vazirlik veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari) mavjud.
Energetika vazirligi yangi elektr stansiyalarini qurish uchun investorlarni tanlash jarayoni ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga muvofiq amalga oshirilayotganini alohida ta'kidlaydi. Energetika vazirligiga investorlarni tanlashning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri – tender jarayonining barcha bosqichlarini keng jamoatchilikka yoritish hisoblanadi.
Shuni o‘shimcha qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Xitoyning “China Huaneng Group” kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bormagani, bu borada qator ommaviy axborot vositalarida uning mamlakatimizda quyosh elektr stansiyalari qurilishiga investitsiya kiritish niyati haqida ma'lumot tarqatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
https://minenergy.uz/uz/news/view/1648
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati