Savol: Bizning yashash hududimiz yaqinidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i o‘tgan. Shunga yaqin hududlarda qurilish ob'ektlari ham mavjud. Aytingchi, elektr qurilmalarining muhofaza maydonlari qanday va qaysi o‘lchamlarda bo‘lishi kerak?
Javob: Belgilangan normalarga asosan, elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlarining muhofaza zonalari quyidagicha o‘rnatiladi:
- 1 kilovoltgacha kuchlanishli tarmoqlar uchun — 2 metr;
- 20 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 10 metr (aholi punktlari chegaralarida joylashgan o‘zini o‘zi tutib turuvchi yoki izolyasiyalangan simli liniyalar uchun 5 metr);
- 35 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 15 metr;
- 110 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 20 metr;
- 220 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 25 metr;
- 500 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 30 metr etib belgilangan.
“O‘zenergoinspeksiya” Matbuot xizmati
https://minenergy.uz/uz/news/view/1638
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati