Joriy yilning 18-noyabr kuni Energetika vazirligi, “O‘zneftgazinspeksiya” va “Hududgaz Samarqand” gaz ta'minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tadbir davomida Narpay tumani, “Tepa” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “OQTOSH DIYORBEK NUR” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shahobchasining tabiiy gazdan foydalanish holati nazorat qilindi.
O‘tkazilgan nazorat tadbirida gaz hisoblash uskunasidan tashqari AGTKSh hududidan o‘tuvchi “Oromgoh” kichik sanoat zonasini tabiiy gaz bilan ta'minlovchi kesimi 159 mm.li gaz tarmog‘iga yashirincha o‘zboshimchalik bilan ulanib tabiiy gazdan foydalanayotganligi ma'lum bo‘ldi.
Ushbu noqonuniy holat bo‘yicha dastlabki hisoblangan gaz hajmi 5 mln 424,0 ming metr kubni va yetkazilgan zarar miqdori 5 mlrd 424,0 mln so‘mni tashkil etgan.
Mazkur hajmdagi tabiiy gaz 300 ming xonadonning bir kunlik iste'molini tashkil qiladi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan noqonuiy holatlar bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
https://minenergy.uz/uz/news/view/1631
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati