✅ "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali kasaba uyushma qo’mitasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashabbuskorlari bilan, ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida daraxt ekish aksiyasi boshlandi.
⇒ Jumladan, joriy yilning 6-7-noyabr kunlari filial tarkibidagi “Keles”, “Yuksak” podstansiyalari hamda Mexanizatsiya va avtotransport bo’limida manzarali hamda mevali daraxtlar ekish ishlari boshlab yuborildi.
Bugungi kunda daraxt ekish ishlari bо‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi ва aksiya boshlangan kundan buyon 330 dan ortiq mevali ва manzarali daraxtlar ekildi.
Filialning Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashabbuskorlari “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishida faol ishtirok etmoqdalar.
https://t.me/toshkentshaharMET
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati