Yodingizda bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan "O‘zbekiston MET" AJning bir qator fidoiy ishchi-xodimlari "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan mukofotlangani haqida xabar bergan edik.
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1363
Bu kabi tadbirlar «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi barcha magistral elektr tarmoqlari filiallarida o‘tkazildi. “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlar” filialida ham davlat mukofoti sohiblari bor.
Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizning barcha jabhalarini salohiyatli kadrlar bilan to‘ldirish, davlat xizmatini islohotlar ruhiga mos raqobatdosh rahbar va mutaxassislar bilan ta'minlash maqsadida ta'sirchan hamda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Salohiyatli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, ularda liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi va Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Kelajak liderlari” ko‘rik tanlovi to‘rt bosqichda o‘tkazildi.
Ushbu tanlov tanlovda ishtirok etgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlar” AJ tasarrufidagi “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlar” filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi yetakchi muhandisi Oybek G‘ayratjonovich Djalolov tanlov yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topildi.
Tanlov yakunida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Xayitbayevich Bozorov tomonidan g‘olibga esdalik sovg‘alari va g‘oliblik sertifikati topshirildi.
Shu munosabat bilan “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlar” filialida barcha xodimlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Oybek G‘ayratjonovich Djalolov korxona rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlar” filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati