Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan respublikamiz hududlari mahalliy hokimiyat va davlat tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari uchun press-tur tashkillashtirdi.
Kecha, 22-iyun kuni poytaxtga mehmon sifatida tashrif buyurgan matbuot kotiblari Davlat xizmatlari agentligi, «Hududgazta'minot» AJ, Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Press-tur davomida:
• OAV va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlarni tashkil etish;
• sohaga oid axborotlarni tayyorlash va tarqatish;
• tashkilot imijini yaratishda e'tibor qaratiladigan jihatlar;
• krizis vaziyatlarda ishlarni tashkil etish kabi masalalar yuzasidan mehmonlar bilan tajribalar o‘rtoqlashildi.
Davlat idoralariga uyushtirilgan tashriflardan so‘ng matbuot kotiblari «Sevimli» va «Zo'r TV» telekanallari faoliyati, yangi ochilgan studiyalari, ko‘rsatuvlarni tayyorlash jarayonlari bilan ham tanishdi. Telekanallar muharrirlari bilan suhbat chog‘ida tomoshabinlar auditoriyasiga qanday saviyadagi ko‘rsatuvlar ko‘proq ma'qulligi, hududlardagi qaysi ijtimoiy masalalarni, muammoli mavzularni ko‘proq yoritish zarurligi borasida fikr almashildi.
Agentlik hududlardagi mahalliy hokimiyat va tashkilotlar axborot xizmatlari xodimlari uchun bu kabi press turlarni ko‘plab tashkillashtirishni rejalashtirilayotgani, shu orqali viloyatlardagi matbuot kotiblari ishlarini yuksaltirish maqsad qilingani ta'kidlandi.
Manba: https://aoka.uz/uzb/news/1140
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati