O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali
❗️«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati quyidagi mutaxassislarni ishga taklif etadi:
⇒ 2021-yil 1-dekabr holatiga jami 13 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud:
1) Boshqaruv raisining transformatsiya, raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
2) Ichki audit xizmati boshlig‘i — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
3) Huquqshunos-maslahatchi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
4) Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi yetakchi buxgalteri — oliy ma'lumotli va kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi shart;
5) Milliy dispetcherlik xizmati yetakchi muhandisi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
6) Milliy dispetcherlik xizmati muhandisi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
7) Markaziy rele himoyasi va elektr avtomatikasi xizmati muhandisi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
8) Birinchi bo‘lim boshlig‘i — oliy ma'lumotli va kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi shart;
9) Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
10) Loyihalarni amalga oshirish guruhiga xaridlar bo‘yicha mutaxassisi — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
11) Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari — oliy ma'lumotli, ish tajribasiga ega;
12) Mahalliylashtirish va kooperasiya aloqalarini kengaytirish bo`limi boshlig`i — oliy ma'lumotli, ingliz tilini bilishi shart, tajriba kamida 3 yil;
13) Transformatsiyani amalga oshirish bo`limi bosh mutaxassisi — oliy ma'lumotli, ingliz tilini bilishi shart, tajriba kamida 5 yil;
✅ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining choraklik va har oyda yangilanib boradigan maֹ’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali orqali kuzatib boring!
‼️ Eslatma: o‘z tarjimai holi va mehnat faoliyati haqidagi ma'lumotlarni taqdim etayotgan fuqarolar aynan qaysi lavozimga o‘z nomzodini taklif etayotganini, shu bilan birga, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamlarini to‘g‘ri yozib yuborishlari shart.
YARATILGAN SHAROITLAR:
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;
• Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;
• Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).
MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6851; 71-236-6190.
Veb-sayt: uzbekistonmet.uz
Elektron pochta: kadr_nes@mail.ru; info@uzbekistonmet.uz
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati