OAV va jamoatchilik bilan ishlash
2021-yil 1-martdan kuchga kirdi
  • 01.03.2021
  • 437

  Ijro hujjatlarida majburiy tartibda qarzdor-jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O'zbekiston fuqarosi hisoblanmagan jismoniy shaxs bo'yicha – shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek, qarzdor – yuridik shaxsning soliq to'lovchi identifikatsiya raqami ko'rsatiladi.

  Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liq jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish vazifasi – Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

  Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liq ma'muriy huquqbuzarliklarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish vazifasi – ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>