Yangiliklar
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI ISO 9001 XALQARO STANDARTINING SIFAT MENEJMENTI SERTIFIKATIGA EGA BO‘LDI
  • 23.02.2021
  • 712

  Bugun «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida ISO 9001 xalqaro standartining sifat sertifikatini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda «Cert International» xalqaro sertifikatlash organi vakili janob Riad Ibragimov, Jamiyat boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov, Boshqaruv raisining o‘rinbosarlari hamda 15 nafar «Cert ademy» xalqaro trening kompaniyasi bilan tashkil etilgan o‘quv seminarda ishtirok etgan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ishtirok etishdi.

  Xalqaro sertifikatlash tashkiloti vakili Riad Ibragimov xalqaro toifadagi sertifikatni Jamiyat boshqaruvi raisiga topshirar ekan, energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘ida strategik ahamiyatga ega muhim vazifalarni bajarib kelayotgan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining kelgusi ish rejalariga muvaffaqiyatlar tiladi.

  Demak, ISO 9001 xalqaro standarti bo‘yicha «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining sifat ko‘rsatkichlari doirasiga quyidagilar kiradi: O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va ularni rivojlantirishni boshqarish, magistral elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasini yetkazib berish hamda davlatlararo tranzitni amalga oshirish.

  Eslatib o‘tamiz, ISO 9001 sifat menejmenti Jamiyat faoliyatining xalqaro maydondagi ishonchli hamkor ekanligini anglatuvchi belgi-nishon hisoblanadi.

 

 

  O‘ylaymizki, xalqaro ISO tandartlarini qo‘llashning ahamiyati va afzalliklarini O‘zbekiston elektr energetika tarmog‘i rivojida, xususan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining samarali faoliyatida o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatadi.

http://minenergy.uz/uz/news/view/1141

https://uza.uz/oz/

https://kun.uz/uz/news/

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>