Yangiliklar
NOQULAY OB-HAVO TUFAYLI ELEKTR TA'MINOTIGA CHEKLOVLAR O‘RNATILMOQDA (AQSh, Texas shtati)
  • 15.02.2021
  • 534

   Joriy yil 14-fevral kuni Amerika Qo‘shma Shtalari Texas shtatining ikki milliondan ortiq aholisi qish faslining so‘nggi oyidagi g‘ayritabiiy sovuq ob-havo sharoitida  isitish tizimidan bebahra qoldi, mintaqadagi iqlim harorati esa ayni kunlarda manfiy darajali 6–22 raqamlari orasida o‘zgarib turibdi.  Bu haqda Reuters agentligi, uning xabariga tayanib m.lenta.ru axborot portali o‘z sahifalari orqali xabar bermoqda.

   Ob-havoning keskin sovib ketishi elektr energiyasi iste'moli keskin oshishiga sabab bo‘ldi va texaslik energetiklar tarmoq barqaror faoliyatini saqlash maqsadida elektr ta'minotiga jadvalli cheklovlar (navbatli, “veerli”) kiritishga majbur bo‘lishmoqda. Boshqacha aytganda, issiqlik ta'minoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan elektr energiyasiga bo‘lgan talabning keskin oshishi taxminan 2,6 million kishining elektr ta'minotida uzilishlar sodir bo‘lishi bilan aks etmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatni AQSh prezidenti Jo Bayden “kutilmagan holat” deb atadi va shtatda favqulodda holat rejimi joriy qilindi.

   Texas shtatida neft mahsulotlarini yoqish evaziga ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari faoliyatining avariyaviy holatda to‘xtatilishi ustiga shamol generatorlari joylashgan stansiyalarning qariyb yarmi ishlamay qoldi. Muqobil energiyaning ushbu turi Texas shtatida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar qatorining ikkinchi o‘rnini egallagan bo‘lib, ular jami elektr energiyasi iste'molining 23 foizi qoplaydi.

   Texasning elektr ta'minoti xavfsizligi kengashi (ERCOT) uzilishlar 15-fevral kuni ertalab ham davom etishi mumkinligi, tashkilot elektr ta'minotni tiklash uchun barcha kuch va vositalar safarbar etilganini bildirib o‘tdi.

   Xullas, vaziyat tashkilot mas'ul xodimi ta'kidlaganidek, noqulay ob-havoning qancha vaqt davom etishiga bog‘liq. Eslatib o‘tamiz, Texas shtati aholisi bunday sovuq ob-havoga oxirgi marta 2018-yilning qish faslida duch kelishgan edi.

 

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘lish uchun  https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>