OAV va jamoatchilik bilan ishlash
“ENERGO-IT” FILIALIDA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAYOTI VA IJODIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR O‘TKAZILDI
  • 16.02.2021
  • 482

  Jahon adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini o‘rganish, ularning insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan asarlari mazmun-mohiyatini ishchi-xodimlar, ayniqsa, yoshlar ongiga chuqur singdirish, bu orqali ularda adabiyotga oshnolikni tarbiyalash, yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida alohida e'tibor qaratilmoqda.

  Aksiyadorlik jamiyatining hududiy tuzilmalarida o‘tkazilayotgan tadbirlarda rahbar xodimlar tomonidan Bobur ijodining o‘ziga xos jihatlari, uning asarlaridagi insonparvarlik, vatanparvarlik, do‘stlik, mehr-oqibat va ezgulik g‘oyalari tarannumi haqida qiziqarli ma'lumotlar berilmoqda.

  Ana shunday tadbirlardan biri 2021-yil 15-fevral kuni “ENERGO-IT” filialida bo‘lib o‘tdi. Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, faoliyati, ijodiga oid taqdim etilgan videorolik, o‘qilgan g‘azal va ruboiylar energetiklarda katta taassurot qoldirdi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘lish uchun  https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>