Yangiliklar
Davlat dasturi va uning ijrosi muhokama etildi
  • 12.02.2021
  • 494

  Bugun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi sanoat va uning bazaviy tarmoqlari hamda kooperasiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentining topshirig'iga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi, shu bilan birga, aksiyadorlik jamiyatning 2021-yil 10-fevraldagi 48-son buyrug'i bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi onlayn muloqot tarzida o'tkazilgan yig'ilishda muhokama qilindi.

  Videoselektor shaklida o'tkazilgan yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan mutasaddi xodimlar, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, boshqaruv raisi o'rinbosarlari hamda mutasaddi xodimlar ishtirok etishdi.

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Kanalga a'zo bo'lish uchun  https://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

>