Yangiliklar
Milliy dispetcherlik markazida navbatdagi oylik texnik-o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi
  • 08.02.2021
  • 691

   Avval xabar berganimizdek, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6079-sonli "Raqamli O'zbekiston–2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga muvofiq Jamiyat ishchi-xodimlarni, aniqrog'i energetika sohasining yetuk mutaxassis-muhandislarini xalqaro ilg'or texnologiyalar, milliy dispetcherlik tizimining ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida (elektr energetika tarmog'ida ma'lumotlarni yig'ish bo'yicha — SCADA hamda energiyani boshqarish tizimi — EMЅ joriy etilishi munosabati bilan) mutaxassislar malakasini oshirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Misol tariqasida, Rossiya Federatsiyasi Peterburg energetika malaka oshirish institutining qo'shimcha kasbiy ta'lim federal davlat avtonom o'quv muassasasi bilan hamkorlikda o'tkazilgan onlayn o'quv kurslari haqida ma'lumot bergan edik.

 

   Batafsil:

   ENERGETIKA SOHASINI RAQAMLASHTIRISH JARAYONI VA UNING YAQIN KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI http://uzbekistonmet.uz/oz/

   Videolavha: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5009

 

   Shu bilan birga, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJda mehnat faoliyati olib borayotgan, ilmiy darajaga ega mutaxassis kadrlarning bilim-tajribasi hamda pedagogik mahoratidan foydalanib, Jamiyat tasarrufidagi "Nurafshon" sanatoriyasida bir necha oy davom etadigan malaka oshirish kurslari tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

   Batafsil:

   MAROQLI DAM OLISH DAVRIDAGI SAMARALI AMALIYOT http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

   Aksiyadorlik jamiyatida ishchi-xodimlarning malakasini oshirish bo'yicha yana bir qancha an'analar mavjudki, bularning barchasi soha egalarining zamon bilan hamnafaslikda faoliyat yuritishi, ishlab chiqarish sohasi kirib kelayotgan yangiliklar, yangi texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishda mehnat samaradorligini oshirishga qaratilgan.

 

   Milliy dispetcherlik markazida o'tkazilgan navbatdagi oylik texnik-o'quv mashg'ulotlari yuqoridagi fikrimizning dalilidir.

   Navbatdagi mashg'ulot quyidagi mavzularga bag'ishlandi:

1. Energetika tizimining o'tgan yil yakunlari;

2. Joriy yil yanvar oyida yuz bergan favqulodda holatlar tahlili;

3. Elektr energiyasi iste'moli ortishi tufayli energetika tizimida hosil bo'layotgan muammoli nuqtalar sharhi;

4. NKMKning ayrim podstansiyalari va tarmoqlarini "O'zbekiston MET" balansiga o'tishi bilan bog'liq operativ bo'ysinuv va NKMK operativ xodimlari bilan o'zaro munosabatlarni belgilovchi me'yoriy hujjatlardagi o'zgarishlar;

5. Ichki tartib-intizom va o'zbek tilida ish yuritishga doir masalalar.

 

Kun tartibining birinchi va ikkinchi masalalari yuzasidan Milliy dispetcherlik markazi boshlig'i M.Boboyev, uchinchi masala bo'yicha MDM yetakchi muhandisi I.Muhamadaliyevlar ma'ruza qilishdi va dispetcherlik hamda rejim guruhi xodimlarining savollariga javob berishdi. Yig'ilish ishtirokchilari ko'rib chiqilgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish yuzasidan o'z takliflarini bildirishdi.

   Yig'ilishning to'rtinchi va beshinchi masalalari bo'yicha tizim xizmatlari bosh boshqarmasi boshlig'i A.T.Mirzayev ma'ruza qilib, NKMK tarmoqlariga bog'liq o'zgarishlar bilan tanishtirdi. Shuningdek, Jamiyatda o'zbek tilida ish yuritish bilan bog'liq amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berdi hamda ichki tartib-intizom masallariga rioya qilish masalalariga e'tibor qaratadi.

 

   Yig'ilish yakunida ko'rib o'tilgan masalalar yuzasidan bayonnoma qayd etilib, unga bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli xodimlarga ko'rsatmalar berildi.

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Kanalga a'zo bo'lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati 

>