Yangiliklar
TOJIKISTONDAN ELEKTR ENERGIYASI MAVSUMIY IMPORT AMALIYOTI SHARTNOMADA BELGILANGAN MUDDATLAR ICHIDA TO‘XTATILGAN EDI
  • 02.02.2021
  • 542

  Bugun, 2021-yil 2-fevral kuni elektron axborot nashrlarida «Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazishni to‘xtatadi» nomli xabar jamoatchilik e'tiboriga havola etildi.

  http://protoday.uz/uz/37360

 

 

  https://t.me/protodayuz/134562

  Rasmiy munosabat: O‘zbekiston–Tojikiston hukumatlararo kelishuvlarga muvofiq «O‘zbekiston MET» AJ va «Barki Tochik» kompaniyasi o‘rtasida imzolangan shartnoma 2020-yilning may-sentabr oylari uchun tuzilgan bo‘lib, faqat yozgi sug‘orish davri uchun mo‘ljallangandi. Ayni paytda Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyasining mavsumiy import amaliyoti to‘xtatilganiga bir necha oy muddat o‘tdi va mazkur amaliyot shartnomada belgilangan muddatlar ichida to‘xtatilgan edi.

  Batafsil ma'lumot: avval xabar berganimizdek, yozgi vegetatsiya, ya'ni qishloq xo‘jaligidagi sug‘orish mavsumida Tojikiston gidroelektr stansiyalari suv omborida to‘plangan suv hajmidan oqilona foydalanish maqsadida  ishlab chiqariladigan elektr energiyasini O‘zbekistonga eksport qilish bo‘yicha har yili o‘zaro foydali bo‘lgan shartnomalar tuziladi, bu mamlakatimiz suv havzalariga kirib keladigan tabiiy suv oqimini oshirishga xizmat qiladigan jarayon hisoblanadi. 2020-yil yuz bergan suv taqchilligi tufayli shartnoma bo‘yicha Tojikistondan import amaliyoti to‘la ravishda amalga oshirilmadi.

  Yodga olamiz: 2020-yil 2-may kuni «O‘zbekiston MET» AJ va «Barki Tochik» kompaniyasi o‘rtasida 2020-yilning may-sentabr oylari uchun shartnoma imzolangani haqida xabar bergan edik:

  TOJIKISTONDAN ELEKTR ENERGIYASINING MAVSUMIY IMPORT AMALIYOTI BOSHLANDI

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/334

 

 

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/2946

  Shuningdek, Tojikiston bilan mavsumiy import amaliyoti yakunlanayotgani tufayli Turkmanistonda elektr energiyasi import amaliyotining hajmi oshirilayotgani to‘g‘risida xabar OAV va keng jamoatchilik e'tiboriga taqdim etilgan edi:

DAM OLISH KUNLARI ELEKTR TA'MINOTIGA CHEKLOVLAR KIRITILMADI. TURKMANISTONDAN ELEKTR ENERGIYASI IMPORT HAJMI OSHIRILDI

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/449

 

 

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4162

Qo‘shimcha ma'lumotlar:

• Tojikistondan elektr energiyasining mavsumiy import amaliyoti boshlandi https://uza.uz/

• O‘zbekiston Tojikistondan elektr energiyasining mavsumiy import amaliyotini boshladi https://kun.uz/

 

 

• Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi https://qalampir.uz/

 

 

• Tojikistondan importi to‘xtatilgan elektr energiyasining o‘rni Turkmanistondan import oshirilgani hisobiga qoplangani ma'lum qilindi https://kun.uz/

 

 

• Energetika sohasidagi O‘zbekiston–Tojikiston hamkorligi har ikki davlat va Markaziy Osiyo taraqqiyoti uchun xizmat qiladi http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

 

• Тавсеаи ҳамкориҳои Ӯзбекистону Тоҷикистон дар соҳаи барқ – Фараж https://faraj.tj/

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>