OAV va jamoatchilik bilan ishlash
ELEKTR ENERGIYASI: TARIXI, TARAQQIYOTI, BUGUNI (11-ma'lumot)
  • 01.02.2021
  • 608

   1721-yilda asos solingan Rossiya Imperiyasining Fanlar akademiyasi Lodiginni Lomonosov nomidagi mukofot bilan taqdirlaydi. 1876-yilda Pavel Yablochkov o'zining chiroq lampasiga patent oldi va u "Yablochkov shag'ami" deb ataldi. 1878-yilgi Parij ko'rgazmasidan so'ng Yablochkov ixtirosi ommalasha boshladi.

   Rossiyada ishi yurishmagan Lodigin esa Amerikaga yo'l oldi. Okeanortida uning ixtirosi Edison nomi bilan atalishini bilgach, rus muhandisi elektr lampochkasini yanada takomillashtirishga kirishdi.

   1820-yilda daniyalik fizik Ersted elektr zanjirini qo'shish va ajratish paytida kompas ko'rsatkichi tebranishini aniqlaydi. 1821-yilda fransuz fizigi Amper elektr va magnetizm o'rtasidagi bog'liqlik faqat elektr tokida kuzatilib, statik elektr holatida yo'qligini o'rganadi.

   So'ngra bu ixtirolar Joul, Lents va Om asarlarida aks etadi. 1830-yilda esa Gauss elektrostatik maydon nazariyasining asosiy teoremasini e'lon qiladi.

   Batafsil: 1- ma'lumot, 2- ma'lumot,  3- ma'lumot, 4-ma'lumot, 5-ma'lumot, 6-ma'lumot, 7-ma'lumot, 8-ma'lumot, 9-ma'lumot va 10-ma'lumotlar

 

"O`zbekiston MET" AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>