OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Mahalliy OAV — elektron nashrlarida e'lon qilingan ayrim xabarlarga javoban "O'zbekiston MET" AJ Axborot xizmati Milliy dispetcherlik markazi ma'lumotlariga tayanib xabar beradi:
  • 28.01.2021
  • 526

   Qashqadaryoda elektr ta'minotida 18 soatlab uzilishlar kuzatilmoqda: https://t.me/kunuzQashqadaryo/2483

   Qashqadaryoning ayrim hududlaridagi aholi 18 soatlab elektr tokisiz qolayotgani ma'lum qilindi: https://daryo.uz/

   Qashqadaryoning ayrim hududlarida 18 soatlab "svet" o'chyapti: https://effect.uz/

   Joriy rejimlarda "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan elektr stansiyalari tomonidan yoqilg'i va gidroresurslarning mavjud hajmlaridan kelib chiqib ishlab chiqarilayotgan sutkalik (o'rtacha) 212,9 mln. kVt•soat elektr energiyasi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ balansidagi past kuchlanishli tarmoqlargacha (mansublik chegarasigacha), favqulodda vaziyatlardan tashqari holatlarda, uzluksiz etkazib berilmoqda.

   Shu jumladan, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali "Qashqadaryo HETK" AJ ga sutkasiga 18,0 mln. kVt•soat hajmda uzatib berilmoqda.

   Bundan tashqari, Respublika iste'molchilarini elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojini qoplash maqsadida "O'zbekiston MET" AJ tomonidan qo'shni energetika tizimlaridan sutkasiga 25,4 mln. kVt•soat elektr energiyasi importi amalga oshirilmoqda.

   Energetika tizimida 21-22-yanvar kunlari kuchli shamol bilan yoqqan qor oqibatida elektr iste'molchilari, shu jumladan Qashqadaryo viloyati iste'molchilari ta'minotida ham uzilishlar sodir bo'ldi. Hozirgi kunda favqulodda vaziyat tufayli sodir bo'lgan, "O'zbekiston MET" AJga tegishli yuqori kuchlanishli tarmoqlar bo'yicha barcha uzilishlar bartaraf etilgan.

   "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ balansidagi past kuchlanishli tarmoqlarda olib borilayotgan sozlash-butlash ishlari het.uz veb-sayti hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot — https://t.me/hetmuloqot (@HET_admin, Call center: 1154) Telegram kanali orqali ma'lum qilib borilmoqda.

   Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ayni kunlarda "Qashqadaryo HETK" AJ bo'yicha joriy rejimlarda yuqori kuchlanishli ta'minlovchi tarmoqlar orqali cheklovlar kiritilish holatlari mavjud emas.

   Elektr energiyasi tanqisligi yuz bergan holatlarda ta'minlovchi tarmoqlar va energetika tizimi turg'unligini ta'minlash maqsadida "Qashqadaryo HETK" AJ mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan holda, jadvallar asosida iste'molni shartnomaviy miqdor doirasida ta'minlab berishi talab etiladi.

   ❓ P/S: "Milliy elektr tarmoqlari" AJ na ma'lumot beradi, na xalqning iste'mol quvvatini o'rganadi. Xalq bilan, jurnalistlar bilan ishlashni qachon o'rganadi ushbu tashkilot? https://t.me/kunuzQashqadaryo/2483

   ‼️ P/S: "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aktsiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayti hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali OAV va keng jamoatchilikka tashkilot faoliyati, xususan Milliy dispetcherlik markazi faoliyati (majburiyatlari) to'g'risida batafsil ma'lumotlar berib borilmoqda.

   Ma'lumot o'rnida: "O'zbekiston MET" AJning axborot xizmati xabarlariga tayanib, boshqa OAVlar qatorida, kun.uz axborot saytida o'nlab ma'lumot va xabarlar e'lon qilingan va e'lon qilinmoqda. Bundan bexabar muxbirlarning kasb salohiyati yuzasidan mamlakatimizdagi yetakchi elektron nashrning ma'muriyati o'z xulosalarini beradi, degan umiddamiz. Shu o'rinda, tegishli tartibda davlat ro'yxatidan o'tgan tashkilotning nomi to'g'ri va to'liq yozilishi ham elektron platformaga xabar va yangiliklarni joylashtirayotgan mualliflarning kasb mahorati hamda mas'uliyatiga bog'liqligini eslatib o'tish joiz.

   Batafsil: http://uzbekistonmet.uz/uz/ 

   Mahalliy OAV // Xorijiy OAV // ТV vа radiо

   Xalqning iste'mol talabini o'rganish, tahlil qilish, prognozlash hamda energetika sohasi tashkilotlariga istiqbolli rejalar strategiyasini belgilab berish vazifasi O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga yuklatilgan bo'lib, Vazirlik tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident qaror va farmonlari, Hukumat topshiriq va ko'rsatmalariga binoan bunday amaliyotlar olib borilmoqda.

   ☑️ Batafsil: ‖  O‘zb  ‖  Ўзб  ‖  Рус

   ☑️ Videoni ko`rish: ‖  Ўзб ‖  Рус  ‖

   Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va taqsimlovchi tashkilotlar elektr ta'minoti uzilishidan manfaatdor emas. Aksincha, iste'molchilarga etkazib berilmagan energoresurslar ishlab chiqarishda "yo'qotilgan foyda" hisoblanadi.

   Agar iste'molchilar elektr energiya tizimidagi barcha resurslardan oqilona foydalanmasa va bu orqali energotizimda muvozanat ta'minlanmasa, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tashkilotlarining dispetcherlari o'z faoliyatidagi tartibga muvofiq cheklovlar o'rnatadi. Agar bu muvozanat hududiy nazoratchilar tomonidan amalga oshirilmasa, ya'ni ma'lum jadvalga asosan cheklovlar o'rnatish orqali muvozanat saqlay olinmasa yoki ular tomonidan Markaziy dispetcherlik boshqaruvi ko`rsatmalariga amal qilinmasa, energotizim xavfsizligini ta'minlash nuqtai nazaridan yuqori kuchlanishli elektr liniyalari tarmoqdan vaqtincha uzib qo'yiladi. Aniqrog'i, bunday amaliyot avtomatik tarzda qo'llanilishiga majbur bo'linadi.

   Elektr ta'minotida ishlab chiqarish va iste'mol o'rtasida tanqislik yuzaga kelganda cheklovlarni kiritilish jarayoni avtomatik tarzda ro'y berib, tizimning keyingi barqaror faoliyati uchun uni himoyalash sharti bilan ro'y beradi. Elektr ta'minotida muvozanatni saqlash "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining hududiy dispetcherlari va "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Milliy dispetcherlik markazi dispetcherlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda "Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati hamda "O'zbekgidroenergiya" aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ham faol ishtirok etishadi.

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo'lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

>