Yangiliklar
VATAN HIMOYACHILARI KUNI ARAFASIDA ANDIJONLIK ENERGETIKLAR O'RTASIDA SPORT MUSOBAQASI O'TKAZILDI
  • 14.01.2021
  • 609

   Avvalroq "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmonining ijrosi bo'yicha qabul qilingan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq "O'zbekiston MET" AJ Birlashgan kasaba uyushmasi hamda Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamkorligida yengil sport turlari bo'yicha turli sport musobaqalari o'tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

 

   Jumladan, Energetiklarning sport tadbirlari Jamiyat veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan tashqari mamlakatimizning yetakchi ommaviy axborot vositalarida, xususan O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "O'zbekiston–24" telekanali, "Yangiliklar" hamda "O'zbekiston" telekanalining "Assalom, O'zbekiston!" dasturlarida keng jamoatchilik e'tiboriga taqdim etildi.

   Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5358

  Misol uchun (batafsil),

Energetiklarning sport tadbirlari: mehnat faoliyatidagi unum va samara sari tashlanayotgan dadil qadamlar:
http://uzbekistonmet.uz/oz/
Magistral elektr tarmoqlari filiallarida sport tadbirlari o'tkazilmoqda:
http://uzbekistonmet.uz/oz/
"Navoiy magistral elektr tarmoqlari" filialida sport musobaqasi g'oliblari aniqlandi:
http://uzbekistonmet.uz/oz/
"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali: sport musobaqasi g'oliblari taqdirlandi:
http://uzbekistonmet.uz/oz/
"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati: mini futbol bo'yicha musobaqa g'oliblari aniqlandi:
http://uzbekistonmet.uz/oz/
"O'zbekiston" telekanalida "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida Prezident Farmonining ijrosi bo'yicha olib borilayotgan sport tadbirlari haqida lavha efirga uzatildi:
http://uzbekistonmet.uz/oz/

  Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/4971

"Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filialida shaxmat, shashka, futbol va stol tennis bo'yicha turnir bo'lib o'tdi:
http://uzbekistonmet.uz/oz/
Energetiklarning "Uchqun" sport majmuasida "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali ma'muriy binosining ochilish marosimi bo'lib o'tdi:
http://uzbekistonmet.uz/oz/
 

  Kecha, 2021-yil 13-yanvar kuni "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati "Andijon magistal elektr tarmoqlari" filiali Yoshlar Ittifoqi hamda Kasaba uyushmasi boshlang'ich tashkilotlari boshchiligida O'zbekiston Respublikasi Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ishchi-xodimlar o'rtasida futbol va stol tennis bo'yicha sport musobaqasi tashkil qilindi.

   Sport tadbirida asosan ma'muriyat xodimlari, shuningdek xizmat ko'rsatish jarayonida bo'lmagan muhandis-texniklar, chilangar va montyorlar, ayniqsa yosh energetiklar faol ishtirok etishdi. Albatta, sport tadbiridan ko'zlangan maqsad — ishchi-xodimlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi hamda sportga oshnolikni targ'ib etishga ma'lum ma'noda erishildi, desak xato bo'lmaydi.

 

  Sport musobaqasida oldidan "Andijon MET" filiali direktori Kozimjon Yo'ldoshev tadbirni ochib berarkan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sport va jismoniy tarbiyaga berilayotgan e'tibor, Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan ishchi-xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar — elektr energetika tamog'i barqaror faoliyati uchun xizmat qilishi lozimligi haqida gapirdi. Aholi salomatligi uchun olib borilayotgan islohotlar negizida mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovon hayoti yotganligini haqida so'zlagan filial direktori sport musobaqa tadbirini ochiq deb e'lon qildi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

   Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5267

   Musobaqalar davomida barcha jamoalar o'z ishtirokchilarini qo'llab-quvvatlab, g'oliblarni qutlashdi. G'olib bo'lgan jamoa hamda xodimlar faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

   Fazliddin Rahmonov, "Andijon magistal elektr tarmoqlari" filiali yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi, rele himoyasi va elektr sinov xizmati elektr sinov muhandisi


"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Kanalga a'zo bo'lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmat

>