Yoshlar siyosati
Bugun "O'zbekiston MET" AJ Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchilari boshchiligida olib borilayotgan ishlar tanqidiy ruhda tahlil etildi
  • 23.12.2020
  • 548

   Onlayn muloqot shaklida davom etgan yig'ilishni boshqaruv raisining maslahatchisi O.A.To'xtashev ochib berdi. Videosellektor yig'ilishi davomida Jamiyat yoshlarining sardori Azizbek Botirov so'z olib, boshlang'ich tashkilotlari faoliyatiga tanqidiy baho berdi.

   So'ng filial yetakchilarining hisobotlari tinglanib, boshlang'ich tashkilotlar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimi borasida takliflar muhokama etildi.

   Shuningdek, Boshqaruv raisining maslahatchisi yoshlar o'rtasida kitobxonlik targ'iboti, shuningdek, ijro intizomi bo'yicha savodxonlik darajasini oshirish yuzasidan o'z tavsiyalarini berdi.

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>