Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI VA TIZIM TARKIBIDAGI TASHKILOTLAR RAHBARLARI ISHTIROKIDA "KUZ-QISH MAVSUMIDA YUZAGA KELAYOTGAN MUAMMOLI MASALALAR" TAHLILIGA BAG'ISHLANGAN MATBUOT ANJUMANI O'TKAZILDI
  • 26.11.2020
  • 482

   Joriy yilning 25-noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Energetika vaziri va tizim tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida "Kuz-qish mavsumida yuzaga kelayotgan muammoli masalalar" tahliliga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

   Tadbirda ta'kidlanganidek, energiya resurslarini ishlab chiqarish va yetkazib berishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning o'tgan kuni jami 214 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 26 million kilovatt-soatga yoki 17 foizga ko'pni tashkil qilmoqda.

 

 

   O'tgan sutkada respublika iste'molchilariga jami 104 million 219 ming kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 9 million 686 ming kubga ko'pdir.

   Gaz bosimini normal darajada ushlab turish uchun ANGKS va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lmagan ob'ektlarga gaz yetkazib berish hajmlarini optimallashtirish ishlari olib borilmoqda.

   Shuningdek, vodiy viloyatlari hamda Toshkent, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi gaz taqsimlash stansiyalari va punktlarida qo'shimcha rejim-sozlash ishlari bajarilmoqda. Bu joylarda gaz bosimini yetarli darajada sozlash imkonini beradi.

 

 

   Shuningdek, aholi iste'molchilariga noyabr oyining 24 kunida jami 37 ming 81 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Bu o'tgan yilga nisbatan 6 ming 401 tonnaga ko'p.

 

   Bugungi kunda respublikada mavjud bo'lgan 80 ta gaz to'ldirish shoxobchalari va 824 ta maxsus gaz ballon avtotransport vositalari shtat rejimida ishlamoqda.

   Shu bilan birga, aholining maishiy gaz ballonlariga bo'lgan ehtiyojidan kelib chiqib, noyabr-dekabr oylarida Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg'ona viloyatlari aholisi yana 42 ming 75 dona ballon bilan ta'minlanadi.

 

 

   Yana bir muhim masala – joriy yilning 24-noyabr kuni respublika aholisiga jami 10 ming 693 tonna ko'mir 155 ta temir yo'l vagonlarida Angren ko'mir konidan yuklab yuborildi. Bu qaytadan tasdiqlangan yangi grafiklarga nisbatan 3 143 tonnaga ko'p.

   Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasiga – 621 tonna (9 ta vagon), Andijon viloyatiga – 3 174 tonna (46 ta vagon), Namangan viloyatiga – 1 935 tonna (28 ta vagon), Farg'ona viloyatiga – 2 134 tonna (31 ta vagon), Xorazm viloyatiga – 2 139 tonna (31 ta vagon), Samarqand viloyatiga – 276 tonna (4 ta vagon), Sirdaryo viloyatiga – 138 tonna (2 ta vagon), Qashqadaryo viloyatiga – 276 tonna (4 ta vagon) ko'mir нuklangan bo'lib, 3-5 kun ichida hududlardagi omborlarga нetib boradi.

 

 

   Tezkor guruh tomonidan hududlardagi omborlarda ko'mir mahsulotlari zaxirasi o'rganib chiqilib, birinchi navbatda ko'mir ortilishi kerak bo'lgan hududlar belgilab olinib, ushbu hududlar uchun birinchi navbatda ko'mir mahsulotini temir yo'l vagonlariga yuklanishi ta'minlanmoqda.

   Anjuman jarayonida ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha ma'lumotlar berildi.

 

O'zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi matbuot xizmati

http://minenergy.uz/uz/

"O'zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>