Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Menga Navoiy yuqori kuchlanish elektr tarmoqlariga imtihon asosida ishga kirishimga amaliy yordam berishingizni so‘rayman!”
  • 11.11.2024
  • 7

Murojaat egasi: Ravshanbek Imomnazarov, Navoiy viloyati.

Elektron pochta: ravshanbeki0808@gmail.com

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Menga Navoiy yuqori kuchlanish elektr tarmoqlariga imtihon asosida ishga kirishimga amaliy yordam berishingizni so‘rayman. Men 2024-yilda Toshkent davlat transport universitetini Elektr energetika yo‘nalishini tamomlaganman.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Ravshanbek Imomnazarov! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Hurmatli fuqaro! Bizning tashkilotga ishga kirishingiz uchun, avvalo, Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi kadr_nes@uzbekistonmet.uz elektron pochtasiga rezyume-maʼlumotnomangizni yuborishingiz lozim.             

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uzinfo@uzbekistonmet.uz

Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘i, magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, taʼmirlash-sozlash ishlari) faoliyat olib borgani bois, aksariyat nomzodlar uchun oliy taʼlim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni ochiq va shaffof bo‘lishini taʼminlash maqsadida, biz har safar bo‘sh ish o‘rinlari haqida eʼlonlar rasmiy veb-saytimiz hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etilganidan so‘ng to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz.

Taqdim etilgan maʼlumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi maʼlumot-ko‘rsatkichlar eʼlon qilingan talablarga mos kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi va bu haqda uzbekistonmet.uz veb-saytining «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida qo‘shimcha eʼlon beriladi. Shundan so‘ng Ishga qabul qilish komissiyasi tomonidan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Komissiya tomonidan rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etadi va ishga qabul qilinadi.

Hurmat bilan,

Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi

 

Maʼlumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud ish o‘rinlari haqidagi maʼlumotlar Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytining «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida doimiy ravishda eʼlon qilinib, bu haqdagi oylik hisobotlar har oyning 10 sanasigacha Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirib borilmoqda.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytida «Onlayn rezyume» funksiyasi ishga tushirilgan.

Bu yangi qulaylik ishga kirish istagida bo‘lgan mutaxassislar bilan Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi mutaxassislarini bevosita, onlayn rejimda bog‘lab, ish samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume

Qo‘shimcha maʼlumot:

Nafaqat energetika sohasida, balki barcha soha va yo‘nalishlarda ham har bir lavozim uchun qo‘yiladigan alohida malaka talablari mavjud bo‘lib, bu o‘sha lavozim egasining zimmasiga yuklatiladigan vazifa-majburiyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish jarayonida, eng avvalo, nomzod tarjimai holi, yaʼni uning maʼlumoti, mutaxassisligi hamda tahsil olish va mehnat faoliyatining bo‘sh ish o‘rni lavozimiga qo‘yilgan malaka talablariga mosligi inobatga olinadi. Xodimning, dastavval, davlat tilini mukammal bilishi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yaxshi kadr bo‘lishi, so‘ng xorijiy tillarini bilishi suhbat jarayonida ustunlik berishi mumkin.

Murojaatingizga javob o‘rnida, sizga shuni maʼlum qilamizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining kadr_nes@mail.ru;  info@uzbekistonmet.uz elektron pochtalari orqali tegishli hujjatlaringizni, qaysi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirish uchun yuborayotganingizni belgilab (shu bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishingizni bilgan holda) yuborgan bo‘lsangiz, u albatta Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqiladi.

Maʼlumot o‘rnida: Aksiyadorlik  jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 11 ta rukn, 54 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil maʼlumotlar joylashtirilgan infografika maʼlumotnomasi mavjud.

Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi maʼlumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.

Misol uchun, NAVOIY VILOYATI: Ro‘ziyev Alisher Negboyevich, «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filial direktori. Bog‘lanish: Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Yangi ariq» MFY, Sadriddin Ayniy ko‘chasi, 78/1-uy. Telefon: +998 (78) 770-2775.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>