Yangiliklar
Magistral elektr tarmoqlari barqaror faoliyati uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan
  • 01.11.2024
  • 91

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan magistral elektr tarmoqlari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarda 2024/2025-yil kuz-qish mavsumidagi taʼmirlash-sozlash hamda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

Misol uchun, «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Sirg‘ali” podstansiyasidagi AT-1 transformatorida navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. Transformatorning yog‘ sathi, sovutish uskunalari hamda himoya tizimlari meʼyoriy ko‘rsatkichlarga olib kelindi.

Shuningdek, texnik-muhandislik nomi L-Ch-T-2 bo‘lgan 220 kV kuchlanishli hamda texnik-muhandislik nomi L-5-Yu-2 bo‘lgan 110 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ida joriy taʼmirlash ishlari olib borilib, liniyaning shleyf ulanmalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi, izolatorlar hamda qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalarning sozligi tekshirilib, yangi elektr jihozlari o‘rnatildi,

⚡️ Nazorat ko‘riklari va taʼmirlash-sozlash ishlari mamlakatimizning boshqa hududlarida ham olib borilmoqda. Magistral elektr tarmoqlari hamda 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalar barqaror faoliyati uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 220/110/10 kV kuchlanishli “Sirg‘ali” podstansiyasi 2020-yil may oyida foydalanishga topshirilgan bo‘lib, podstansiyaning o‘rnatilgan quvvati 400 MVAni tashkil etadi. Podstansiya 2 ta 220 kV kuchlanishli liniya orqali taʼminlanib, undan 4 ta 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari chiqqan. Mazkur energetika obyekti mamlakatimiz poytaxti va Toshkent viloyatidagi bir nechta tumanda yashovchi isteʼmolchilar hamda sanoat korxonalari elektr taʼminoti ishonchliligini taʼminlaydi.

FacebookИнстаграмYouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>