♻️ Mamlakatimizda quyosh va shamol elektr stansiyalari kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid yirik generatsiya quvvatlarini qurish o‘nlab investitsion loyihalar hisobiga amalga oshirilmoqda. Ana shu yo‘nalishdagi islohotlarning iqtisodiyot tarmoqlaridagi aksi o‘laroq bugungi kunda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati hamda xorijiy investorlar o‘rtasida 50 dan ortiq loyiha doirasida elektr energiyasini qabul qilish to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan. Hozirgi kunga kelib 9 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyasi qurib bitkazilgan hamda foydalanishga topshirilgan.
Jumladan, Saudiya Arabistonining dunyoga mashhur «ACWA POWER» kompaniyasi Buxoro viloyatining Peshku hamda G‘ijduvon tumanlarida «yashil energiya» manbalariga oid yirik loyihalarni amalga oshirmoqda. Misol uchun, dekabr oyining dastlabki haftasida har birining quvvati 500 MVt bo‘lgan “Bosh” va “Jonkeldi” shamol elektr stansiyalari tizimi dastlabki generatsiya quvvatini O‘zbekiston elektr energetika umumtizimiga uzatishi kutilmoqda.
⚡️ Shu munosabat bilan qurilish jarayonini bevosita kuzatish hamda loyiha maydonlaridagi ishlar bilan tanishish maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov joriy yilning oktyabr oyida ushbu hududlarga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Dadajon Aynaqulovich yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarning qurilish-montaj ishlari puxta va sifatli bajarilishi yuzasidan o‘z ko‘rsatmalarini berdi. Shu bilan birga, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Buxoro–Xorazm temiryo‘lining tashqi elektr taʼminoti loyihasiga oid ishlar bilan bevosita tanishib, muhandis va quruvchilarga o‘z tavsiyalarini berdi. Elektr taʼminotidan xavfsiz va samarali foydalanish uchun loyihalashtirish, qurilish-montaj va ekspluatatsiya jarayonidagi muhim jihatlar bilan o‘rtoqlashdi.
✍️ Elektr energiyasini xususiy ishlab chiqaruvchilari bilan ishlash bo‘limi
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ ‖ Twitter ‖YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati