OAV va jamoatchilik bilan ishlash
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI AXBOROT XIZMATINING 2020-YIL 1-NOYABR HOLATIGA HISOBOTI (QISQA SATRLARDA)
  • 11.11.2020
  • 657

Axborot xizmatining faoliyatiga taalluqli umumiy ma'lumotlar:

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga asosan Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 3-iyuldagi 29-sonli buyrug‘iga binoan «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida Axborot xizmati tashkil etilgan;

 

  Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 23-avgustdagi 66/k-sonli buyrug‘i bilan Axborot xizmati rahbari, ya'ni boshqaruv raisining matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Urunov Ulug‘bek Pulatovich tayinlangan;

  Axborot xizmati rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining dastlabki suhbat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, bu haqda Jamiyat boshqaruvi raisi nomiga tavsiyanoma xati taqdim etilgan;

 

  Axborot xizmatida Jamiyat shtat jadvaliga muvofiq bir nafar mutaxassis (xizmat rahbari) mehnat faoliyatini olib boradi, unga texnik ta'minot bo‘yicha yordamchilar, ya'ni veb-saytga ma'lumotlarni joylashtirish uchun «Energo–IT» filialining ikki nafar xodimi biriktirilgan;

Axborot xizmati rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining attestatsiyasidan o‘tganligi to‘g‘risida 000010-sonli guvohnoma berilgan.
 

  Jamiyat veb-saytida «MUROJAATLAR» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari (iste'molchilar, tadbirkorlar) o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga ega.

 

Shuningdek, Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-saytiga:

7 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/30

23 ta Prezident Qarorlari http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/31

12 ta Prezident Farmonlari http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/32

12 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/33

7 ta Normativ hujjatlar http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/34

2 ta Xalqaro hujjatlar http://uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/18

joylashtirilgan.

  Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, uzbekistonmet.uz veb-saytining «YANGILIKLAR» ruknida e'lon qilingan qator maqola, e'lon va ma'lumotnomalarda huquqiy axborot (qonunchilikdagi yangiliklar) berib boriladi.

Bundan tashqari, Jamiyatning rasmiy telegram kanalida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” maxsus ilovasidagi sohaga taalluqli ma'lumotlar tez-tez qayta e'lon (repost) qilib turiladi.
 

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanalida ("O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ t.me/uzmetaxborotxizmati) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga binoan 3 ta ISHONCH RAQAMI: Yagona telefon (Axborot xizmati) 71/236-68-08; Ishonch raqami (jismoniy va yuridik shaxslar murojaati bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi raqami) 71/208-56-46; Devonxona (Ijro intizomini nazorat qilish va ishlarni yuritish boshqarmasi) 71/236-6865 telefon raqamlari ishlab turibdi.

Boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining topshiriqlari, Axborot xizmati Nizomi, Matbuot kotibi yo‘riqnomasi (vazifa-majburiyatlari) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining ko‘rsatmalariga binoan OAV hamda jamoatchilik bilan ishlash faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
 

  Axborot xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2020-yil 12-oktabrdagi 14/2-68xfu-sonli ko‘rsatmasiga binoan ikki nomdagi Nizom loyihasini tayyorladi:

  1. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati xodimlarining ommaviy axborot vositalari, blogerlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa axborot tarqatish vositalari orqali ma'lumotlarni oshkor qilish, intervyu berish, chiqishlar qilish tartibini belgilash to‘g‘risida NIZOM;

  2. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xavfsizligi qoidalari to‘g‘risida NIZOM.

  Ayni paytda ushbu nizom loyihalari yuridik xulosaga ega bo‘lib, rahbariyat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

  «O‘zbekiston MET» AJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, UTube) barqaror faoliyat yuritmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar — media makonda Jamiyat faoliyatiga tegishli negativ ma'lumotlarga zudlik bilan munosabat bildirilib, tegishli tartibda tahliliy maqola, xabar va ma'lumotlar e'lon qilib borilmoqda.

Sifatli videobayonot berish hamda videoroliklar tayyorlash bo‘yicha «Energo–IT» filiali bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
 

  Axborot xizmati uchun: (1) Alohida xona, (2) Kompyuter jamlanmasi /printer, skaner, kserokopiya, kolonka/ — 1 donadan, (3) Diktafon — 1 ta, (4) Foto-video apparat — 1 ta, (5) Obyektiv — 1 ta /fotoapparat uchun/, (6) shtativ — 1 ta /fotoapparat uchun/, (7) Projektor — 1 ta /fotoapparat uchun/, (8) Minimikrafon — 1 ta /fotoapparat uchun/, (9) Press-vol — 2 ta /pauk va banner/, (10) Fleshka — 2 ta /32 MB hamda 2 TB xart/, (11) Yumshoq keys — 1 ta /fotoapparat uchun/, (12) Yuqori tezlikdagi internet va (13) Televizor sharoitlari yaratilgan.

 

Axborot xizmati faoliyatiga taalluqli ma'lumotlar:

  2020-yil 1-noyabr sanasiga qadar Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida (havolali repostlar orqali: Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, UTube) olib borilayotgan islohotlar hamda bajarilgan ishlar to‘g‘risida quyidagicha materiallar e'lon qilindi:

  160 tadan ziyod maqola, xabar, rasmiy bayonot va ma'lumotnomalar («Yangiliklar» ruknida, o‘zbek tili lotin va kirill grafikasi, rus va qisman ingliz tillarida, havolali repostlar orqali 400 dan ziyod);

 

  40 ga yaqin maqola, xabar va ma'lumotlar («OAV va jamoatchilik bilan ishlash» ruknida, o‘zbek tili lotin va kirill grafikasi, rus va qisman ingliz tillarida, havolali repostlar orqali 100 dan ziyod);

  7 ta murojaatlarga javob («Murojaatlar» ruknida, o‘zbek tili lotin va kirill grafikasi, rus va qisman ingliz tillarida, havolali repostlar orqali 30 dan ziyod);

  19 ta maxsus e'lonlar («Investitsiya salohiyati» ruknida /«Tenderlar», «E'lonlar», «Loyihalar» nimruklarida/, o‘zbek tili lotin va kirill grafikasi, rus va ingliz tillarida, havolali repostlar orqali 200 dan ziyod);

 

17 ta videolavha («O‘zbekiston-24» telekanali bilan hamkorlikda);

28 ta videolavha (internet videomateriallaridan foydalangan holda);

2 ta rolik (investitsion loyihalar bo‘yicha, dron tasvirlari);

7 ta taqdimot (fotografikali prezentatsiya jadvallari to‘plami);

4 marta radiodasturlarda ishtirok (sohaga taalluqli mavzular yuzasidan mulohaza va tahlillar, radiotinglovchilar savollariga jonli efirda javoblar);

2 marta teleko‘rsatuvlarda ishtirok (sohaga taalluqli mavzular yuzasidan mulohaza va tahlillar);

 

5 marta seminar-treninglarda ishtirok (adliya, innovatsiya, OAV va jamoatchilik bilan ishlashga taalluqli mavzularda);

2 marta xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok (reportaj, imij yaratish, konferensiyalarda ishtirok etish);

7 marta mantbuot anjumanlari va brifinglarda ishtirok (reportaj, bayonot, pres-reliz va OAV bilan aloqalar).

 

  Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi Axborot xizmatining rasmiy veb-sahifasi, ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali nafaqat sohaga, balki Respublikamizda olib borilayotgan barcha jabhalarga taalluqli islohotlar to‘g‘risida ma'lumotlar berib borilmoqda; Jamiyat ma'muriyati mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy-ijtimoiy hamda iqtisodiy islohotlar va yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun 15 turdagi yetakchi gazeta-jurnallarga, shu jumladan energetika, xususan elektr energetika sohasidagi ilmiy-amaliy va MDH davlatlarida chop etiladigan muhandislik yo‘nalishidagi davriy nashrlariga obuna tashkil etgan; Jamiyat ishchi-xodimlari uchun mobil aloqa va uzluksiz internet sharoitlari yaratilgan.

Veb-saytda: http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/573

U.P.Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati rahbari

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>