Yangiliklar
“Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari” filialining 2024/2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining natijalari o‘rganildi
  • 26.10.2024
  • 81

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 18 iyulda imzolangan “Magistral elektr tarmoqlari obyektlarini 2024/2025 yil kuz-qish mavsumida barqaror ishlashiga tayyorlash” to‘g‘risidagi 9-sonli buyrug‘iga asosan “Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari”  filiali tomonidan 2024 yil 23 iyul kuni 160-a-sonli ichki buyruq va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan edi.

Mazkur buyruqqa asosan “Qoraqalpog‘iston MET” filiali tasarrufidagi obyektlarning 2024/2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorlash, mavsumini batalofat o‘tkazish bo‘yicha tegishli ishlar to‘liq bajarildi va bu haqda yuqori turuvchi organlarga xabar berilib, nazorat etish vakolatiga ega tashkilotlar ishtirokida dalolatnomalar rasmiylashtirildi. Rejaga muvofiq joriy va mukammal taʼmirlash ishlari to‘liq yakunlandi. Shu bilan birga, Filial muhandis hamda texnik xodimlari yordamchi elektr uskunalarining ishchi holatini to‘liq ko‘rikdan o‘tkazib,aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishdi.

Maʼlumki, kuz-qish mavsumi oylarida, yaʼni noyabr–fevval oylari davomida elektr energiyasi isteʼmol hajmining keskin oshishi, elektr qurilma hamda uskunalariga belgilangan meʼyorlardan ortiq yuklamalar tushishi turli nosozlik va favqulodda o‘chishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ayna shu jihat, kuz-qish mavsumi davomida podstansiya va liniyalarda yuklamalarning ortishini inobatga olgan holda elektr qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari doimiy nazorat ostiga olingan. Jumladan, transformatorlarda izolyatsiya vazifasini bajaradigan moyning meʼyoriy sathi, o‘lchov-nazorat asboblari hamda himoya tizimlari, shuningdek, transformatorlarning sovutish tizimi barqaror ishlashi uchun tegishli choralar ko‘rildi. Eski uskunalar demontaj qilinib, o‘rniga yangi, zamonaviylari o‘rnatildi. Elegazli o‘chirgichlarning meʼyoriy ko‘rsatkichlari ham nazorat ostiga olingan.

Ayni paytda 220 kV kuchlanishli “Beruniy” va “Qoraqalpog‘iston” hamda 110 kV kuchlanishli “Texnologik” podstansiyalari va ularga kiruvchi magistral elektr tarmoqlari barqaror faoliyat yuritmoqda. Elektr energetika obyektlarida tun-u kun ish olib boadigan taʼmirlash brigadalari hamda dispetcherlik xizmati mutaxassislarining navbatchilik grafigi tuzilgan va tegishli tartibda tasdiqlangan. Jumladan, 2024 yil 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi arafasida barcha navbatchi guruhlar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilgan.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>