«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi “Zafar” podstansiyasida Qo‘riqlash xizmati xodimlari uchun jismoniy tayyorgarlik, xavfsizlik va kasbiy malaka yo‘nalishidagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Tadbir davomida xodimlar jismoniy tayyorgarlik hamda kasbiy mahorati sinov ko‘rigidan o‘tkazildi va tegishli meʼyoriy hujjatlar talabiga muvofiq tayyorgarlik darajasi ko‘rsatkichlari baholandi.
⚡️ Tadbirda Filial direktori A.G‘.Rasulov, kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi N. Xo‘jamquliyeva, Xavfsizlik va maxsus ishlar guruhi rahbari M.M.To‘ychiyev hamda boshqa masʼul xodimlar Qo‘riqlash xizmati xodimlariga ish jarayonida uchraydigan turli vaziyatlarda muammolar yechim topish bo‘yicha tavsiyalar berishdi. Mahorat darslari hamda savol-javob muloqotidan so‘ng ularning bilim-malakasini oshirishga doir yozma, og‘zaki hamda jismoniy sinov mashg‘ulotlari musobaqa tarzida o‘tkazildi.
Tadbirda faol ishtirok etgan xodimlar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G‘oliblar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha eʼtirof etildi:
♦ Eng yaxshi qorovulxona – “ZAFAR” podstansiyasi;
♦ Eng yaxshi bilim-malakaga ega qo‘riqchi – “QO‘YLIQ” podstansiyasida qo‘riqchisi Sh.Tovbayev;
♦ Eng yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega qo‘riqchi – “UCHQUN” sport kompleksi qo‘riqchisi Sh. Xolboyev.
Tadbir ishtirokchilarining eʼtirof etishicha, bunday o‘quv-mashg‘ulotlar xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirish va xizmat sifatini yuqori saviyaga ko‘tarishga xizmat qiladi.
✍️ «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti aʼzolari
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati