FM.103.1 to‘lqinlari — «O‘zbekiston» radiokanalining «JARAYON» dasturida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Urunov yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda magistral elektr tarmoqlarining 2024/2025-yil kuz-qish mavsumidagi faoliyati xususida axborot berdi. Eshittirish davomida, shuningdek iste’molchilik madaniyati, elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha qaysi aloqa raqamlaridan ma’lumotlar olish mumkinligi haqida tushuntirish hamda tegishli tavsiyalar berildi.
Dasturni jurnalist O‘rol Pardayev tayyorlagan, boshlovchi — jurnalist Muslima Murodova.
❗️Radiomuloqot takroran efirga uzatilishi mumkin.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati