Yangiliklar
Joriy yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 4 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi
  • 22.10.2024
  • 81

#yashil_energetika

Bugun soat 12:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2024-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 4 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.

Aytish joizki, bugungi kunda mamlakatimizning 7 ta viloyatida umumiy quvvati 2,7GVt boʻlgan 9 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda bitta shamol elektr stansiyasi «yashil» energiya ishlab chiqarmoqda.

Ushbu «yashil» elektr stansiyalar tomonidan 2024-yil 31-may soat 15:00 ga qadar 1 mlrd kVt·soat miqdorida, joriy yilning birinchi yarim yilligida 1,6 mlrd kVt⋅soat miqdorida, 2024-yil 17-iyul soat 18:20 holatiga 2 mlrd kVt⋅soat va 2024-yil 30-avgust holatiga ko‘ra esa 3 mlrd kVt⋅soat  miqdorida elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.

Bugun soat 12:00 da mamlakatimizdagi barcha quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori joriy yil boshidan 4 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.

Aytish joizki, shu paytgacha quyosh elektr stansiyalari tomonidan 3 mlrd 493,6 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyasi tomonidan esa 506,4 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Buning natijasida:

➖ 1,2 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;

➖ atmosferaga 1 mln 680 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.

Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi 2 million xonadonning 10 oylik yoki 1 mln 666 mingta xonadonning bir yillik ijtimoiy normasini tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalari 2022-yilda 434 mln kVt⋅soat, 2023-yilda esa 576,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqargan edi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/13287

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>