Siz azizlarni jamoamiz nomidan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy muborakbod etaman.
Milliy til — kurrai zaminimizdagi barcha xalqlar va millatlarning madaniy o‘zagi, asosiy muloqot manbai hisoblanadi. Ona tilimiz orqali alla eshitganmiz, oilada tarbiya, o‘quv muassasalarida taʼlim olganmiz, urf-odat, anʼana va madaniyatlarimiz ruhiyatimizga singgan.
1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — Bosh Qomusimizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili” ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratilishi belgilab qo‘yilgan.
Alqissa, til — tarix, til — madaniyat, til — milliy qadriyatimiz unsuri.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston ahlini, jahon mamlakatlaridagi vatandoshlarimizni, qolaversa energetika sohasi jonkuyarlarini bugungi bayram bilan samimiy tabriklab, barchangizga baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-baraka, tinchlik-omonlik tilayman.
Hurmat bilan,
Dadajon Isaqulov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ ‖ Twitter ‖YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati