Yangiliklar
«BIZNES-KLINIKA» LOYIHASI: BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN BEPUL KONSALTING XIZMATLARI
  • 28.10.2020
  • 579

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Taraqqiyot dasturi» bilan hamkorlikda «COVID–19» pandemiyasi tufayli tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida ishlab chiqilgan «BIZNES-KLINIKA» loyihasini qo‘llab quvvatlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining rasmiy murojaatiga binoan quyidagi targ‘ibot materiallarini e'tiboringizga havola etadi:

 

Hurmatli tadbirkorlar!

Pandemiyaning biznesingizga salbiy ta'sirni yumshatish yo‘llari haqida hech o‘ylab ko‘rdingizmi?
Davlat tomonidan yaratilayotgan sharoitlardan xabardor bo‘lishni istaysizmi?
Belgilangan imtiyozlardan foydalanish va yangi qonun hujjatlarini talqin etilishini xohlaysizmi?
To‘lanmagan ijara haqi, muddati o‘tgan kreditlar, ish haqi to‘lovlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilish haqida bosh qotiryapsizmi?

 

  O‘zingizni qiynamang, 1094 qisqa raqamli koll-markazimizga qo‘ng‘iroq qiling va mutaxassislarimizdan soliq, bojxona, kredit va boshqa masalalar, imtiyozlar va preferensiyalar haqida bepul huquqiy maslahatlar oling.

  Bizning https://t.me/biznes_klinika telegram kanalimizga obuna bo‘ling va qonunchilikdagi o‘zgarishlar, biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilayotgan sharoit hamda berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida har kuni nashr etilayotgan dolzarb ma'lumotlardan boxabar bo‘ling!

 

Bizning https://t.me/biznes_klinika telegram kanalimizda quyidagi axborotlarni olishingiz mumkin:

·  axborot va o‘quv-vebinar e'lonlari;
· qonunchilikdagi o‘zgarishlar va imtiyozlar haqida ko‘rgazmali ma'lumotlar;
· «Sizdan savol, bizdan javob» ruknidagi xabarlar;
· «Bilasizmi?» ruknidagi xabarlar;
·  axborot va o‘quv-vebinar videolari ko‘rish;
· ko‘p so‘ralgan savollarga qisqa video-javoblar.

 

  Hech qanday reklama va zerikarli matnlar yo‘q! Faqatgina qonunchilik va qarorlardan qisqa ko‘chirmalar, ko‘rgazmali infografika ko‘rinishidagi ma'lumotlar va videoroliklar!

Haftada ikki marotaba, seshanba va juma kunlari, dolzarb masalalar bo‘yicha vebinarlar o‘tkazamiz.

 

  Ma'ruzachilar sifatida yetuk mutaxassis hamda taniqli tadbirkorlar ishtirok etishadi va inqiroz davrida duch kelgan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari haqida o‘z tajriba va bilimlari bilan bo‘lishadilar.

Sizga qiziq bo‘lgan mavzu vebinarida qatnasha olmagan bo‘lsangiz, aslo kuyunmang: video-yozuvini https://www.youtube.com/c/BiznesKlinika yutub-kanalimizda ko‘rishingiz mumkin.

 

Havolani bosing va ishbilarmonlar hamjamiyatiga qo‘shiling, doimiy ravishda foydali ma'lumot va maslahatlardan mutlako bepul xabardor bo‘ling!

❶ Telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/biznes_klinika

❷ YouTube kanalida vebinarlar va video-javoblarni ko‘ring: https://www.youtube.com/c/BiznesKlinika

❸ Yangiliklarni Facebook sahifasida kuzatib boring: https://www.facebook.com/BiznesKlinikaUz

❹ Loyiha haqida batafsil ma'lumot: www.businessinfo.uz/biznes_klinika

❺ Savollaringiz bo‘lsa: 1094 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

 
© «Biznes-klinika» loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va BMTning «Taraqqiyot dasturi» tomonidan Yaponiya hukumati moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshirilmoqda.

 Eslatib o‘tamiz: ushbu targ‘ibot-tashviqot materiallari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2020-yil 16-sentabrdagi 11/04–34–8150-sonli rasmiy murojaatnomasiga muvofiq «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Axborot xizmati tomonidan uzbekitonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirildi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>