Yangiliklar
O‘zenergoinspeksiya Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
  • 24.08.2024
  • 41

“Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-118-son, 23.08.2024-y.) qabul qilindi

♦ Farmonga ko‘ra, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini (O‘zenergoinspeksiya) Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

✔️ O‘zenergoinspeksiya yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

✅ O‘zenergoinspeksiyaga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:

► energiya samaradorligi bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish va mazkur sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish;

► yillik energiya isteʼmoli 500 tonna shartli yoqilg‘idan yuqori bo‘lgan barcha sanoat korxonalarida energiya isteʼmolini boshqarish tizimini (Energy Management System) joriy etishni nazorat qilish;

► sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish;

► energiya auditorlarga malaka sertifikatlarini berish va zamonaviy o‘lchov laboratoriyalari bo‘yicha minimal talablarni belgilash.

⇔  O‘zenergoinspeksiyaning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.

▶️ Manba

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>