Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Hisob raqamimda 140 437 so‘m to‘lov qolishi kerak bo‘lishiga qaramay 12 190 so‘m to‘lov qolgan. Elektr energiyasi uchun to‘lovlarni hisob raqamimga qaytarishingizni so‘rayman!»
  • 05.09.2024
  • 88

Murojaat egasi: Mirzayev Shahobiddin Shamsiddin o‘g‘li, Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani.

Elektron pochta: shaxobbosiddin.@gmail.com

Murojaat mazmuni: Hozirgi paytda, yaʼni 04.09.2024 sanadagi hisob ko‘rsatkichi 9425 kV•soat, 30.06.2024 sanadagi kuni ko‘rsatkich esa 9105 kV•soat bo‘lgan. Shu kunga qadar 320 kV•soat elektr energiyasi sarf qilingan. Demak, 320 • 450 = 144 000 so‘m xarajat qilingan.

Maʼlumot uchun, 200 kV•soat “limit”dan oshiqcha (Baʼzaviy meʼyor — Axborot xizmati tuzatishi) elektr energiyasi ishlatilmagan. 30.06.2024-yildan 04.09.2024-yilgacha jami 284 437 so‘m elektr energiyasi uchun to‘lovlar oldindan to‘langan. Bugungi 04.09.2024-yil sanasida esa 284 437 - 144 000 = 140 437 so‘m hisob raqamimda elektr energiyasi uchun to‘lov qolishi kerak bo‘lishiga qaramay hisob raqamimda 12 190 so‘m to‘lov qolgan. Elektr energiyasi uchun to‘lovlarni hisob raqamimga qaytarishingizni so‘rayman.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Shahobiddin Shamsiddin o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi ning xalqaro tranziti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy электр tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, hurmatli fuqaro, Siz Energetika vazirligiga shikoyat qilishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Tashkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21-uy.

Transport: 
Metro: Amir Temur bekati 
Avtobuslar: № 14, 53, 58, 78, 93, 98

Marshrutli taksilar: № 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti)

Tel: (998 71) 236-3822

Devonxona: (998 71) 236-2708
Elektron pochta: info@minenergy.uz 

Ish grafigi: 
dushanba - juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni

Gaz taʼminoti bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. “Hududgaztaʼminot” AJ https://hududgaz.uz/ “Hududgazta‘minot” aksiyadorlik jamiyati Ish vaqti: 09:00 - 18:00 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98 Indeks: 100115 E-mail: info@hududgaz.uz Telefon raqami : (71) 281-16-85.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>