Murojaat egasi: Iskandarov Temurbek Arslonbekovich, Xorazm viloyati Yangiariq tumani «Otajanov Yusufboy» fermer xo‘jaligi rahbari
Elektron pochta: iskandarov@gmail.uz
Murojaat mazmuni: Bizning fermer xo‘jaligini elektr hisoblagich ko‘rsatkichi Yangiariq tuman elektr taʼminoti korxonasi bazasida 2024 yilning 22 avgust kunidan buyon onlayn tarzda ko‘rinmasdan kelinayotganligi sababli, bugungi kunda shu oy uchun qancha kVt•soat elektr sarfi ishlatilganligi haqida aniq maʼlumotni bilmasdan kelmoqdamiz. 4–5 marotaba korxona xodimlariga murojaat qildik, lekin ijobiy natija yo‘q. Buning oqibatida belgilangan limit oshiqcha ishlatilib, bizning aybimizsiz 2700 so‘mdan to‘lov amalga oshirilishi mumkin. Shu sababli ushbu holatlarni o‘rganib, oshiqcha limit ishlatilishida aybimiz yo‘qligi uchun 900 so‘mdan to‘lovni amalga oshirishda hamda kelgusi oy uchun limit sotib olishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman.
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Temurbek Arslonbekovich hamda «Otajanov Yusufboy» fermer xo‘jaligi jamoasi, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.
MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi ning xalqaro tranziti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
• het.uz – rasmiy veb-sayti
• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
• Facebook – Hududiy электр tarmoqlari
• Call centre: 1154
• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, hurmatli fuqaro, Siz Energetika vazirligiga shikoyat qilishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz
Toshkent, 100047, Tashkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21-uy.
Transport:
Metro: Amir Temur bekati
Avtobuslar: № 14, 53, 58, 78, 93, 98
Marshrutli taksilar: № 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti)
Tel: (998 71) 236-3822
Devonxona: (998 71) 236-2708
Elektron pochta: info@minenergy.uz
Ish grafigi:
dushanba - juma: 9:00 - 18:00
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
shanba, yakshanba: dam olish kuni
Gaz taʼminoti bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. “Hududgaztaʼminot” AJ https://hududgaz.uz/ “Hududgazta‘minot” aksiyadorlik jamiyati Ish vaqti: 09:00 - 18:00 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98 Indeks: 100115 E-mail: info@hududgaz.uz Telefon raqami : (71) 281-16-85.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati