Yangiliklar
Binolarning energiya samaradorligi — tejamkorlikka yoʻl
  • 26.07.2024
  • 111

Bugungi kunda Markaziy Osiyoda gaz va elektr energiyasini tejash, shuningdek, atmosferaga chiqadigan karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish masalalarini hal etishga harakat qilmoqdalar. Energiya resurslari tanqisligi va ularga narxlarning koʻtarilishi sharoitida energiya samaradorligini taʼminlash tobora oʻtkirlashib bormoqda.

Bir ajoyib ibora bor: eng yashil kilovatt ishlab chiqarilmagan kilovattdir. Katta miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarilgani haqida hisobot berish mumkin, lekin uni tejash orqali ham olsa boʻladi.

Bu nimani anglatadi? Keling, shu haqda batafsil maʼlumot berishga harakat qilamiz.

Bu loyiha doirasida binolarning energiya samaradorligiga alohida ahamiyat qaratiladi. Bunda uylarning eskirganligini hisobga olgan holda, energiya isteʼmoli meʼyorlari qayta koʻrib chiqiladi.

Agar siz yangi qurilgan va eski binolardagi kvartiralarni taqqoslasangiz, oʻrtadagi farqni darrov sezasiz. Qattiq sovuqlarda eski uyni toʻliq isitish gʻoyat murakkab, lekin yangi uy issiqlikni yaxshi saqlaydi va isitish uchun sezilarli darajada kamroq gaz talab qiladi.

Qurilish jarayonida ilgari eʼtibor berilmagan koʻplab omillar ham bor. Masalan, uyning quyoshga qarab joylashganligi, derazalarning oʻlchami, soyabonlar va sunʼiy soyalar — bularning barchasi quyosh issiqligining toʻplanishini optimallashtirish, qishda undan koʻproq foydalanish hamda yozda uyning isib ketishini minimallashtirish imkonini beradi. Ushbu parametrlarni maxsus kompyuter ilovalari yordamida hisoblab chiqish mumkin.

Oʻzbekistonda bu boʻyicha taklif etilayotgan innovatsiyalarni koʻrsatish uchun, masalan, sakkiz kishiga moʻljallangan ikki qavatli uyning tajriba namunasi toʻliq energiya tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda qurilgan. Bu bino davlat tomonidan yetkazib beriladigan tabiiy gazga ulanmagan, balki uy oʻzini energiya bilan toʻliq taʼminlaydi. Xususan, quyosh yordamida olingan elektr energiyasini qabul qilib, issiqlikni saqlaydi. Bunday uylarning koʻplab qurilishi yiliga 600 ming tonnaga yaqin karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish imkonini beradi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, har bir bino uchun energiya samaradorligi koʻrsatkichlari joriy etilishi kerak va bu kabi rejalar bugungi kunda ishlab chiqilmoqda. Ana shunda uy sotib olayotganingizda, uning nechog‘li energiya tejamkor ekanligini ham darhol bilib olishingiz mumkin. Bu mezon maxsus laboratoriya tomonidan aniqlanadi. Uning zarur uskunalarini allaqachon sotib olishgan. Darvoqe, bugungi kunda bu jarayon Yevropada tatbiq etilmoqda: u yerda “yashil” uylar boshqa uylarga qaraganda 40 foiz qimmatroq.

Ayni paytda uyingizdagi energiya yoʻqotishlarini kamaytirish uchun eng yaxshi turtki – gaz va elektr narxidir. Ular allaqachon “tishlamoqda” va kelgusida ham oʻsishda davom etishi tabiiy. Imtiyozli kreditlar hamda chegirmalar esa bugungi kunda xonadoningizning energiya samaradorligini taʼminlash haqida oʻylashingiz uchun yaxshi sababdir.

Manba: https://t.me/sosediasia/13590

https://t.me/minenergy_uz/12308

https://www.spot.uz/ru/2024/07/25/sa-ra-enerji/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>