OAV va jamoatchilik bilan ishlash
SAMARQANDLIK ENERGETIKLAR ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
  • 21.10.2020
  • 450

   «O‘zbekiston MET» AJga tasarufidagi «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari  21-oktabr —  o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan Samarqand shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘lim boshlig‘i Xurshid Nurillayev ishtirokida davra suhbati tashkil qildi.

   Davra suhbatida  «Samarqand MET» filiali xodimlariga  bugungi milliy bayram sanasining tarixi, 2019-yilda, aniqrog‘i o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi tadbirida muhtaram Prezidentimiz tomonidan mazkur sana “21-oktabr – O‘zbek tili kuni” deb e'lon qilingani to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.

   Shuningdek, samarqandlik energetiklar davra suhbati davomida bugun qabul qilinib, ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib etilgan Pf-5850-sonli «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmonida belgilab berilgan masalalarning ahamiyati xususida fikr almashdilar.

   «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari Samarqand shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘lim mutasaddilariga o‘tkazilgan qizg‘in davra suhbati uchun minnatdorlik izhor etishadi.

 

«O‘zbekiston MET» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>