Nabiyev Fitratullo Neymatulla o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori etib tayinlandi.
F.Nabiyev bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Xodjayev Marufxon Maqsudovich — “Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
M.Xodjayev bunga qadar Andijon viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/12001
https://t.me/minenergy_uz/12002
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati