OAV va jamoatchilik bilan ishlash
SHU TIL BORKI — MEN HAM BORMAN
  • 16.10.2020
  • 589

“...Muxtasar aytganda, har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

 

ONA TILIM

 

Men bulbulman — o‘z tilida sayrab turgan,

Men duldulman — o‘z yerida yayrab yurgan.

Menga kelsin, mening o‘zbek tilim uchun –

O‘zin dag‘al tillarini qayrab yurgan.

 

Qani aytsin, qaysi tildan kamdir tilim,

Mening uchun iftixor ham sha'ndir tilim.

Temuriyman — turkiylarning bosh bo‘g‘ini,

Senda olam fasohati jamdir tilim!

 

Sen o‘zingsan alla bilan dilga tushgan,

Va ilk bora “ona” deya tilga tushgan.

Koshg‘ariydan tortib barcha bobolarim –

Menga faqat til hikmatin o‘rgatishgan.

 

Shu til borki, shu el borki — men ham borman,

Tilin aziz bilganlarga do‘stman, yorman.

Qo‘lga qalam tutdim, demak ajdodlardan –

Avlodlarga so‘z tashuvchi dastyorman!

 

Madhing qilsam, ko‘ksim aro yonar dilim,

Kuylagayman, mayli toki qonar tilim.

Yashasam bas, sen-la seni senda kuylab,

Vatan tili, Otam tili, Ona tilim!

 

 

Orif TO‘XTASHEV, 

“O‘zbekiston MET” AJ boshqaruv raisining maslahatchisi,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

 

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>