Obidjonov Jahongir Obidjonovich — “O‘zenergosotish” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
J.Obidjonov 1976-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1998-yil Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti hamda 2006-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
J.Obidjonov 2004 — 2007-yillar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda, 2007 — 2017-yillar “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” OATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, 2017 — 2019-yillar “O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari, keyinchalik boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi, 2020 — 2022-yillar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U 2024-yilda Angliyaning “Anglia Rusking University” universitetida “Biznes boshqaruvi magistri” (MBA) magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomladi.
Karabayev Shohruh Esаnaliyevich — “O‘zenergosotish” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Sh.Karabayev bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha loyiha ofisi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/11848
https://t.me/minenergy_uz/11849
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati